Moliya-iqtisod bo'limi

Moliya-iqtisod bo'limi

Moliya-iqtisod bo'limi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining tarkibiy tarmog'i hisoblanadi.

Bo'lim o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to'g'risida” gi qonuni, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risidagi yo'riqnoma va boshqa yo'riqnomalar, O'zbekiston Respublikasining “Prokuratura to'g'risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o'tash to'g'risidagi Nizom, Bosh prokuraturaning hay'ati qarorlari, Bosh prokuror va Akademiya boshlig'i buyruqlari asosida amalga oshiradi. Bo'lim O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PF-5438-son farmoni asosida tashkil etilgan.

Bo'limning asosiy vazifalari byudjet mablag'larini harakati bo'yicha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini belgilangan qoidalarga asosan qat'iy olib borilishini ta'minlash, Akademiya faoliyati bo'yicha buxgalteriyaga oid, Аkademiyaning mulkiy ahvoli, kirim va chiqimlar, moliyaviy intizomni mustahkamlashga yo'naltirilgan ishonchli va to'liq axborotlarni shakllantirish va o'z vaqtida taqdim etilishini ta'minlash, asosiy vositalar va transport vositalari bo'yicha qayta baholash, eskirishini  hisoblash hamda transport vositalariga ketadigan yoqilg'i moylash materiallari xarajatlari hisobini olib borish, buxgalteriya hisobi ma'lumotlar bazasining saqlanishi, yuritilishi, tashkil qilinishi bo'yicha ishlarni amalga oshirish, xodimlar mehnatiga haq to'lash shakli va tizimini O'zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshirish, rahbariyat ko'rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq xizmat vazifasidan kelib chiqqan holda boshqa vazifalarni amalga oshirishdan iborat.

Bo'limda prokuror va g'aznachi faoliyat yuritadi.