Kafedra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PF-5438-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.
Kafedrada jami 5 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi. Ularning ikki nafari yuridik fanlar doktori va dotsent ilmiy daraja hamda unvonlariga ega.
Kafedra boshlig'i v.b., adliya maslahatchisi Do'stqoriev Muzaffar Boybo'taevich 2018 yil 15 dekabrdan faoliyat ko'rsatadi.
Kafedraning asosiy faoliyat yo'nalishlari:
Prokuratura organlarida kadrlar bilan ishlash;
Prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash;
Prokuratura organlarida ish yuritish (elektron ish yuritish);
Prokuratura organlarida boshqaruv va ishlarni tashkillashtirish (shu jumladan, prokuratura organlarida tashkiliy-nazorat va tahlilot ishini tashkil etish);
Prokuratura organlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tashkil etish;
Prokuratura organlarida zamonaviy boshqaruv;
Prokuratura organlarining huquq ijodkorligi faoliyati;
Prokuratura organlarining jamoatchilik bilan aloqalar ishini tashkil etish;
Prokuratura organlari xodimlarining axborot-tahliliy ko'nikmalarini shakllantirish;
Prokuratura organlari xodimlarining ichki xavfsizligini ta'minlash;
Prokuratura organlarida maxfiy hujjatlar bilan ishlash;
Tizimli tahlil va qaror qabul qilish;
Prokuratura organlari xodimlarining kasb etikasi;
Prokuratura organlari xodimlari yozma nutqi.
Yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, kafedra tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Kafedra tomonidan o'tgan davrda quyidagi o'quv kurslari tashkil etildi:
Berdaq nomli Qoraqalpog'iston Davlat universiteti “Huquq” fakulteti professor o'qituvchilari uchun o'quv mashg'ulotlari.
Ish o'rganuvchilar va birlamchi ixtisoslik ko'rinishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursining 4-o'quv bloki mashg'ulotlari.
Bosh prokuraturaning texnik xodimlari ishtirokida “Prokuratura organlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish” mavzusida o'quv mashg'ulotlari.
Toshkent shahridagi prokuror sektorlarining mas'ul kotiblari ishtirokida “Prokuror sektorlari ishini tizimli va samarali tashkil etish” mavzusida o'tkaziladigan o'quv mashg'ulotlari.
Toshkent shahar prokuraturasining tarmoq rahbarlari va tuman prokurorlari ishtirokida “Qonuniylik va jinoyatchilik ahvolini tahlil etish hamda tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etish” mavzusida o'quv mashg'ulotlari.
Toshkent shahar Uchtepa tumani mahalla fuqarolik yig'inlari raislari va kotiblari ishtirokidagi o'quv mashg'ulotlari.
Kafedra xodimlari tomonidan quyidagi o'quv-uslubiy materiallar tayyorlandi:
“Zamonaviy davlat boshqaruvi” darslik.
“Prokuratura organlarida ish yuritish” o'quv-amaliy qo'llanma.
“Prokuratura organlarida murojaatlar bilan ishlash” o'quv-amaliy qo'llanma.
“Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari qabulini tashkil etish” mavzusida o'quv filmi.
“Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqishni tashkil etish” mavzusida o'quv roligi.
“Prokuratura organlarida boshqaruv va ishlarni tashkil etish masalalari”, Akademiya professor-o'qituvchilari va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari maqolalar to'plami.
“Prokuratura organlarining huquqiy maqomi va majburiy ijro byurosi” o'quv qo'llanma.
“Murojaat etuvchiga tavsiyalar” broshyurasi.
“Ish yuritishga oid eslatma” nomli buklet.
“AQShda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi” o'quv-ommabop kitobi.
Kafedra xodimlari tomonidan xodimlar ilmiy-pedagogik va kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan bir qator tadbirlarda ishtirok etilgan:
Kafedra dotsenti, yu.f.d. F.Raximov Bosh prokuratura Akademiyasi kengashi raisi o'rinbosari, ilmiy seminar raisi hisoblanadi. Shuningdek, u ilmiy daraja va unvonlar beruvchi bir qator kengashlar a'zosi hisoblanib, yurisprudentsiyaning turli yo'nalishlarida fan nomzodi, PhD falsafa doktori ilmiy darajasini egallagan shogirdlar yetishtirgan va yosh mutaxassislarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra boshlig'i M.Do'stqoriev prokuratura organlarida loyiha boshqaruvini joriy etish borasidagi tadbirlar doirasida, jamoatchilik asosida Akademiya loyihalar ofisi rahbari hisoblanadi. Loyiha boshqaruvi sohasida IPMA xalqaro sertifikatiga ega.
Shuningdek, M.Do'stqoriev AQSHning ABA/ROLI xalqaro tashkiloti tomonidan ta'sis etilgan ILET dasturida davlatlararo musobaqada bir guruh Akademiya xodimlari ishtirokida “Jinoyat va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo'yicha islohotlar rejasi” nomli dasturi bilan g'olib deb topilib, 2019 yilning 22 fevral – 23 mart kunlari AQShda shu mavzuda o'tkazilgan o'quv treningida ma'ruza va taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Kafedra dotsenti G.Malikova va katta o'qituvchi F.Alievlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga o'tkazilgan saylov jarayonini yoritish va targ'ibot ishlarida keng ishtirok etishdi. Shuningdek, kafedra dotsenti G.Malikova loyiha boshqaruvi sohasida PRINCE xalqaro sertifikatiga ega.
Kafedra o'qituvchisi G.Tairova YUNISEF jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan “O'zbekistonda ijtimoiy ish sohasida ta'lim va amaliyotni takomillashtirish” loyihasi doirasida “Ijtimoiy ish amaliyoti” bo'yicha trenerlar uchun treningda faol ishtirok etdi. Bir qator sohalar, shu jumladan, psixologiya yo'nalishida sertifikat va diplomlar sohibi.