Qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish kafedrasi

Qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish kafedrasi

Kafedra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PF-5438-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan. Kafedrada jami 6 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi. Ularning bir nafari yuridik fanlar doktori va dotsent ilmiy daraja hamda unvonlariga ega. Kafedra boshlig'i, adliya maslahatchisi Turaxonov Durbek Lermonovich 2018 yil 29 martdan faoliyat ko'rsatadi.

Kafedraning asosiy faoliyat yo'nalishlari:

qonunlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish masalalari bo'yicha o'qitish jarayonida ishtirok etish;

prokuratura organlarida ijtimoiy qonunchilik ijrosi ustidan prokuror vakolatini ta'minlash;

prokuratura organlarida iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan prokuror vakolatini ta'minlash;

prokuratura organlarida voyaga yetmaganlar sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror vakolatini ta'minlash;

prokuratura organlarida qishloq xo'jaligiga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror vakolatini ta'minlash;

qonunlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuror buyruqlari hamda Bosh prokuratura hay'atining sohaga doir qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining to'liq bazasini shakllantirishni va uni muntazam ravishda yangilab borishni ta'minlash;

prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta'minlash;

prokuratura organlari faoliyatida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o'tkazish, qonun ustuvorligini ta'minlash;

Bosh prokuraturaning tarkibiy tarmoqlaridan amaliyot hujjatlarini olish va yangilab borish;

qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish;

qonunchilik targ'ibotida ishtirok etish.

Yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, kafedra tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

        Kafedra tomonidan o'tgan davrda quyidagi o'quv kurslari tashkil etildi:

Tuman (shahar) prokurorlarining o'rinbosarlari uchun “Mehnat va aholini bandligini ta'minlashga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali nazorat o'rnatish masalalari” masofaviy ta'lim texnologiyalari asosida malaka oshirish kursi.

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspektsiyasining tuman bo'limlari boshliq o'rinbosarlari ishtirokida o'quv mashg'ulotlari.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlarining mas'ul o'rinbosarlari, tarmoq rahbarlari, tuman prokurorlarining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar kotiblari ishtirokida “Sektorlar faoliyatini to'g'ri tashkil etish va samaradorligini oshirish usullari” mavzusida vebinar shaklidagi o'quv mashg'ulotlari.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) idoralararo komissiyalari mas'ul kotiblari ishtirokida “Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid dolzarb masalalar” mavzusida  malaka oshirish kursi.

Transport prokuraturasi organlari xodimlarining avtomobil, daryo transportlari va yo'l xo'jaligi sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish bo'yicha malakasini oshirish yuzasidan o'quv mashg'ulotlari.

Prokuratura organlari xodimlari kasbiy ko'nikma va malakalarini takomillashtirish maqsadida “Qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati” mavzusidagi o'quv mashg'ulotlari.

Tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida “Biznes sarbon” mobil ilova ko'rinishida amaliy qo'llanma tayyorlandi.

Kafedra xodimlari tomonidan quyidagi o'quv-uslubiy materiallar tayyorlandi:

“Jinoyat-protsessual huquqi” (umumiy qism. Darslik)

“Jinoyat-protsessual huquqi” (maxsus qism. Darslik)

“Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil qilish”. Amaliy qo'llanma

“Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini dalil sifatida foydalanish va rasmiylashtirish tartibi”. O'quv qo'llanma

“Iqtisodiy sud ishlarini yuritishning dolzarb masalalari”. O'quv-amaliy qo'llanma.

Kafedra xodimlari tomonidan xodimlar ilmiy-pedagogik va kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan bir qator tadbirlarda ishtirok etilgan:

Kafedra professori, yu.f.d B.Po'latov doimiy ravishda Toshkent davlat yuridik universitetida oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, attestatsiyadan o'tkazish jarayonlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha Idoralararo komissiya a'zosi, PhD falsafa doktori ilmiy darajasini egallagan shogirdlar yetishtirgan va  yosh mutaxassislarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra boshlig'i D.Turaxonov 2019 yilning 4-7 noyabr kunlari Barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha Ixtiyoriy milliy obzorni tayyorlash sohasini o'rganish yuzasidan Gruziyaga tashrifda O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida faol ishtirok etdi.

Shuningdek, D.Turaxonov 2019 yilning 2-13 dekabr kunlari Yaponiyaning Saytama shahrida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining soliq va moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish Osiyo-Tinch okeani Akademiyasida tashkil etilgan moliyaviy tergovni boshqarish bo'yicha malaka oshirish kursida o'zining ma'ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdi. 

Kafedra dotsenti N.Azizov 2019 yilning 18-22 noyabr kunlari Qozog'istonning Nur-Sulton shahrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida noqonuniy moliyaviy (pul) o'tkazishlarni bartaraf etish mavzusida o'tkazilgan o'quv treningda ishtirok etdi.