Kafedra faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2022 yil 28 noyabrdagi
PF–257-sonli Farmoni bilan kafedra tashkil etilgan.
2023 yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavr va magistratura ixtisosliklari, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga kiruvchi kurslarda talabalar va tinglovchilarga professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda.
Kafedraning asosiy vazifalari:
o‘quv ishlari va ta’limni tashkil etishda – kredit-modul tizimi to‘liq joriy etgan holda ilg‘or innovatsion metod hamda texnologiyalarini qo‘llash orqali “Yurisprudensiya: prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali, ilmiy-tahliliy mulohaza yurita oladigan, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va mustaqil ravishda xulosalar qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, belgilangan nazariy va amaliy vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv ishlarini tashkil etish;
ilmiy-metodik ishlar sohasida – o‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va muntazam takomillashtirib borish, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va talabalarni o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, kafedra ma’sul bo‘lgan modullar mazmunidan kelib chiqqan holda zamonaviy, xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar va tajribalar asosidagi ilmiy-metodik materiallar tayyorlash;
ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy islohotlarning ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, ilmiy tadqiqotlarning jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda dolzarb mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish hamda ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash;
tashkiliy-metodik ishlar sohasida – o‘zaro nazoratlar asosida ta’lim sifatini tahlil etish va baholash, shuningdek, boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etishni ta’minlash;
ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – talaba yoshlarni jamiyat, vatanga muhabbat, burch-ma’suliyat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini oshirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, destruktiv g‘oyalar va buzg‘unchi oqimlarga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilash.
Shuningdek, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash, amaliy innovatsion dasturlar loyihalari bilan ishlash, xorijiy davlatlarda malaka oshirish, zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega kadrlar va yosh mutaxassislar o‘rtasida ustoz-shogird tizimini yo‘lga quyish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tiladigan fanlar:
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi;
- Dinshunoslik. Diniy aqidapasrastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari;
- Huquq falsafasi;
- Kasbiy va nutq madaniyati;
- Sotsiologiya;
- Prokurorning yozma nutq asoslari;
- Tergovchining yozma nutq asoslari;
- Siyosatshunoslik;
- Mantiq;
- Etika va estetika;
- Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi;
- Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI
Shayzakov Shodiyor Ibragimovich |
||
|
|
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsеnt +99890 176-77-14 71 202-04-96 (1752) e-mail: sh.i.shayzakov@proacademy.uz |
2021 yil 21 oktyabrda Akademiyaning Ilmiy kengashida “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo‘yicha “Ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslari: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqqiyatli himoya qilgan.
2023 yil 30 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo‘yicha “dots.nt” ilmiy unvoni berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida 15 yilga yaqin xizmat faoliyatini olib bormoqda. Adliya maslahatchisi. Bosh prokuror tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan.
Pedagogik faoliyati davomida 50 yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta darslik, 4 ta ilmiy-amaliy qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta ilmiy risola muallifligida va hammuallifligida nashr etilgan.