Kadrlar bo'limi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining mustaqil tarkibiy tarmog'i hisoblanadi va bevosita Akademiya boshlig'iga bo'ysunadi.
Quyidagilar bo'limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kadrlar bilan ishlash sohasidagi faoliyatni va tashkiliy-shtat tuzilmalarini takomillashtirish yuzasidan tizimli tahlil asosida takliflar ishlab chiqish va kiritish;
Akademiyaga yuklatilgan vazifalarini samarali amalga oshirish salohiyatiga hamda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, professional va mas'uliyatli kadrlarni tanlash, tayinlash va tarbiyalash;
Akademiyaga xizmatga qabul qilishda teng sharoitlar yaratish hamda shaffoflik, oshkoralik, xolislikni ta'minlash;
kadrlar zaxirasini har tomonlama tayyorgarlikka ega xodimlar va rahbar kadrlar tarkibidan shakllantirish, kadrlar zaxirasi bilan samarali ishlashni tashkil etish;
bo'sh lavozimlarni o'z vaqtida va maksimal to'ldirish choralarini ko'rish;
xodimlarga darajali unvonlar berish to'g'risidagi taqdimnomalarning Bosh prokuraturaga o'z vaqtida kiritilishini ta'minlash, darajali unvon berish yoki undan mahrum etish bo'yicha takliflar kiritish;
xizmat va ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan zarur choralar ko'rish, xodimlar o'rtasida nojo'ya xatti-harakatlar va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan
tadbirlarni hamda xizmat tekshiruvlarini o'tkazish;
xodimlarni rag'batlantirish, davlat mukofotlariga taqdim etish hamda intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritish;
xodimlarning ijtimoiy himoyasini va daxlsizligini ta'minlash, mehnati va sog'lig'ini muhofaza qilish choralarini ko'rib borish, shu jumladan sport-sog'lomlashtirish tadbirlarini va xodimlarning tibbiy ko'rikdan o'tishlarini tashkillashtirish hamda bu borada takliflar ishlab chiqish.