Psixologik ta'minlash bo'limi

Psixologik ta'minlash bo'limi

Prokuratura faoliyatini psixologik ta'minlash bo'limining asosiy maqsadi – prokuratura organlari faoliyatining psixologik jihatini takomillashtirgan holda xodimlar mehnati samaradorligini ta'minlashdan iborat.

Bo'lim oldidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • рrokuratura organlariga xizmatga kelayotgan nomzodlarni psixologik baholash va prokuratura xodimiga xos kompetensiyalar shakllanishiga moslik darajasini o'rganish;
  • хizmat jamoalaridagi psixologik muhitni o'rganish hamda xodimlarning axloqiy –psixologik holatini aniqlash;
  • рrokurorlik faoliyatining samaradorlik ko'rsatkichlari va kompetensiyalar modellarini yaratish hamda buning asosida prokuratura organlari xodimlarining kasbiy va boshqaruv kompetentligini takomillashtirish bo'yicha trening dasturlarini ishlab chiqish (shu jumladan Assessment Markazi texnologiyasini joriy qilgan holda);
  • Bosh prokuratura Akademiyasi tinglovchilari uchun prokuratura xodimlari kasbiy faoliyatini takomillashtirish bo'yicha dolzarb psixologik mavzularda kurslar ishlab chiqish va mashg'ulotlar o'tkazish;
  • prokuratura tizimi bo'linmalarida xodimlarning kasbiy va shaxsiy o'sishiga yo'nalgan ijobiy muhitni shakllantirish bo'yicha maxsus seminarlar va mashg'ulotlar o'tkazish;
  • prokuratura tizimi xodimlariga psixologik konsultativ yordam ko'rsatish, ularning shaxsiy o'sishlari va karerada o'sishlariga psixologik hamrohlik yordami ko'rsatish.

Bugungi kunda bo'lim tomonidan Akademiya tinglovchilari uchun quyidagi fanlar bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazilmoqda:

  • Yuridik psixologiya fani doirasida - Tergov faoliyati psixologiyasi, Prokurorlik faoliyati psixologiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashishning psixologik asoslari; 
  • Boshqaruv psixologiyasi;
  • Tizimli tahlil va tanqidiy tafakkur;
  • Konfliktlar psixologiyasi.