Tahririy-nashriyot bo'limi

Tahririy-nashriyot bo'limi

Tahririy-nashriyot bo'limi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining tarkibiy tarmog'i hisoblanadi.

Bo'lim o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining “Prokuratura to'g'risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi.

Bo'limning asosiy vazifalari:

Akademiyaning Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy o'quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan, mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obunasini ta'minlash;

Akademiyani «Elektron ta'lim» milliy tarmog'iga, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va milliy hamda yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash;

Akademiya buyurtmasiga binoan Akademiyaning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qo'shimcha vositalar bilan jihozlash;

xorijiy tajriba va huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish uchun zarur bo'lgan xalqaro huquqiy-ma'lumotlar tizimining dasturiy mahsulotlari (ma'lumotlar bazasi) bilan ta'minlash, xarid qilish va kelgusida yangilab borish;

«O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Axborotnomasi» ilmiy-amaliy huquqiy jurnaliga maqolalar to'plash, taqrizdan o'tkazilishini ta'minlash, saralash va nashrga tayyorlash;

Akademiyaning rasmiy internet veb-sayti va sahifasini doimiy faoliyat yuritishi va uzluksiz ishlashini ta'minlash, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish va ma'lumotlar joylashtirish;

Akademiyaning mini-tipografiyasini tashkil etish va uni ilmiy-tadqiqot natijalari, ilmiy maqolalar to'plamlari, broshyuralar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, bukletlar va boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur bo'lgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash;

qonunchilikni targ'ib qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, idoraviy va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

xodimlar malakasini oshirish yuzasidan tadbirlar o'tkazish, ijobiy ish tajribalarini o'rganish va ommalashtirish.