Bakalavriat fakulteti

Bakalavriat fakulteti

Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

bakalavriat ta’lim dasturi bo‘yicha yuridik kadrlar tayyorlashga qaratilgan tashkiliy va o‘quv-uslubiy faoliyat sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, Bosh prokuraturaning hay’ati qarorlari va ish rejalari, Akademiya Kengashi qarorlari va Akademiya ish rejalari, Bosh prokuror va Akademiya boshlig‘ining buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalari ijrosini qat’iy ta’minlash;

bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etishda, shu jumladan, talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish, o‘rganish, jamlash, tanlovni o‘tkazish, maslahatlar berish hamda boshqa tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish;

bakalavriat ta’lim yo‘nalishida nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan hamda talabalarda tizimli tahlil va tanqidiy fikrlash, shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq o‘quv jarayonini tashkil etish;

inson huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya qilish madaniyati bilan uyg‘unlashgan yuksak ma’naviy, psixologik, tahliliy va kasbiy sifatlarni rivojlantirishning samarali tizimini joriy etgan holda, yurisprudensiya, shu jumladan, jinoyatlarni tergov qilish sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan maqsadli bazaviy tayyorlashni ta’minlash;

talabalarda maxsus kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, ularni sud-huquq sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan dasturlar asosida tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalari bo‘yicha o‘quv jarayoniga jalb qilish;

jinoyatlarni tergov qilish metodikasi va taktikasini samarali belgilash asosida jinoyat ishlari bo‘yicha mustaqil ish yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol o‘qitish metodlarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda ishtirok etish;

o‘qitishning zamonaviy shakllari, pedagogik va axborot texnologiyalari asosida nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishda Akademiya tarkibiy tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

ta’lim jarayonini tashkil etishga oid hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

talabalarning nazariy bilimlarini qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida prokuratura, sud va boshqa davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;

o‘quv jarayoniga prokuratura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlarining yuqori darajada kasbiy mahoratga hamda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarini jalb etilishini tashkil qilish;

o‘quv jarayoni uchun xonalar ehtiyojini aniqlash, ajratilgan xonalardan oqilona foydalanilishini nazorat qilish;

o‘quv jarayonini moddiy-texnik, axborot-kommunikatsion va didaktik ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish ва h.k.

 

 

Kayumov Baxtiyor Erkinjonovich

Shakirov

  

Fakultet boshlig‘i, adliya maslahatchisi, yu.f.f.d. (PhD).

“Davlat xususiy sherikchilikning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan.

Email: kayumov_bahtiyor@proacademy.uz

 

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilliga 20 yil” va “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” nishonlari bilan taqdirlangan.

 

Ochilov Samariddin Kamoliddinovich

Shakirov

  

Fakulteti katta prokurori, 2-darjali yurist.

Email: s.k.ochilov@proacademy.uz

 

 

 

Karimov Alibek Valiyevich

Shakirov

  

Fakulteti prokurori, adliya kichik maslahatchisi.

Email: a.v.karimov@proacademy.uz

 

 

«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni va «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangan.