Huquqni muhofaza qilish akademiyasining idoralararo hamkorlik aloqalari to'g'risida ma'lumot
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5438-son Farmonining 2-bandida o'quv jarayonining sifatini oshirish bo'yicha tajriba almashish, sa'y-harakatlarni birlashtirish maqsadida yuridik kadrlarni tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish Bosh prokuratura Akademiyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari etib belgilangan.
O'tgan davr mobaynida Bosh prokuratura Akademiyasi bilan quyidagi tashkilot va ilmiy-tadqiqot muassasalari o'rtasida hamkorlik munosabatlari o'rnatildi hamda uning huquqiy asoslari mustahkamlandi:
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
- Yuristlar malakasini oshirish markazi
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti
- O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
- O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Instituti
- «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi
- Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo'yicha «El-yurt umidi» jamg'armasi
- Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi
-
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi
-
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
-
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
-
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi
-
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining Bojxona instituti
- Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti
-
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoki ularni jalb etgan holda muntazam ravishda konferensiyalar, davra suhbatlari, o'quv seminarlari tashkil etilib, shuningdek qo'shma o'quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda Akademiyaning ilmiy va ta'lim salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida manfaatdor tashkilot va muassasalar bilan samarali hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish borasida izchil faoliyat davom ettirilmoqda.