KAFЕDRANING MAQSADI
Kafedraning maqsadi iqtisodiy jinoyatlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, o‘quv-uslubiy, o‘quv-amaliy, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.
Kafedra tomonidan quyidagi modullar o‘qitiladi:
“Iqtisodiy jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish faoliyatini tashkil etish”, “Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish”, “Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish”, “Iqtisodiy xavfsizlik asoslari”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar”, “Aktivlarni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, xatlash, musodara qilish va ularni boshqarish”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha moliyaviy (parallel) tergov o‘tkazish masalalari”.
MODULLAR BO‘YICHA BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARGA QO‘YILGAN TALABLAR
Modullarni yakunlagandan so‘ng tinglovchi:
iqtisodiy jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish, energiya resurslarini talon-toroj qilish, korrupsion jinoyatlarning mazmun-mohiyati, ularning xususiyatlari, turlari, javobgarlik asoslari, javobgarlikka tortishning o‘ziga xos xususiyatlari, bu boaradagi xalqaro standarlar haqida bilimlarga;
iqtisodiy jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirning oldini olish va ularga qarshi kurashishni tashkil etish, aniqlash va fosh etishning maxsus usullari, axborot to‘plash, ochiq ma’lumotlar bilan ishlash usullari, moliyaviy tergov olib borish, jinoiy daromad va aktivlarni qaytarish yuzasidan ko‘nikmalarga;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil qilish, o‘quv ko‘nikmalarini tadbiq etish malakasiga ega bo‘ladi.
KAFЕDRANING FAOLIYATI
O‘quv-uslubiy ishlarni joriy etish borasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlari bo‘yicha moliyaviy tergov o‘tkazish”, “Energiya resurslari va ichimlik suvini talon-taroj qilish mexanizmlarini aniqlash va fosh etish”, “Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning milliy tizimi”, “Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik” nomli o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy tavsiyalar chop etildi.
Kafedra tarkibida jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash o‘quv-uslubiy markazi faoliyat yuritadi.
Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishi:
– jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
– jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
– xorijiy davlatlar ekspertlari hamda sohaning yetuk mutaxassislarini jalb etgan holda kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun davriy ravishda o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil etish;
– kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida yagona o‘quv-uslubiy bazani ishlab chiqish;
– xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda milliy tizim samaradorligini oshirishga ko‘maklashish hamda o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Xalqaro hamkorlikni ta’minlash borasida kafedra tomonidan iqtisodiy jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, aktivlarni qaytarish borasida BMTning narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, Yevropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi kabi nufuzli idoralar bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, xorijiy tajribani o‘rganish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini, malakasini oshirishga qaratilgan seminar, treninglar, konferensiyalar tashkil etib kelinmoqda.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI
Xatamov Zoxid Tolibjonovich |
||
|
|
Iqtisodiy jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish kafedrasi boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi Email: z.t.xatamov@proacademy.uz |
2015-2017 yillarda Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhining tipologiyalar bo‘yicha ishchi guruhi hamraisi;
2019-2022 yillarda Yevroosiyo guruhi texnik xamkorlik bo‘yicha ishchi guruhi xamraisi.
“O‘zbekiston Konstitutsiyaga 25 yil” esdalik nishoni hamda
“O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Raximov Rustamjon Xamidovich |
||
|
|
Kafedra katta o‘qituvchisi, adliya maslahatchisi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo‘yicha moliyaviy tergov o‘tkazishni takomillashtirish masalalari” mavzusida mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda. Email: r.x.raximov@proacademy.uz |
Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhi a’zosi;
“O‘zbekiston Konstitutsiyaga 25 yil” esdalik nishoni hamda
“O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Mirzayev Fayzulla Ibadullayevich |
||
|
|
Kafedra dots.nti, adliya katta maslahatchisi Iqtisodiyot fanlari nomzodi, “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishning ma’muriy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda. Email: f.i.mirayev@proacademy.uz |
“O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Jabbarov Ahmad Ravshanovich |
||
|
|
Kafedra katta o‘qituvchisi “Ta’lim tizimida Davlat xususiy sheriklikning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda. Email: ahmadjabbarov@gmail.ru |
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Gafurov Ikromjon Ilxomovich |
||
|
|
Kafedra o‘qituvchisi, adliya katta maslahatchisi
Email: i.i.gafurov@proacademy.uz
|
“O‘zbekiston Konstitutsiyaga 25 yil” esdalik nishoni hamda
“O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Ibragimov Murodjon Jumanazarovich |
||
|
|
Kafedra katta o‘qituvchisi Email: m.j.ibragimov@proacademy.uz |