Xalqaro huquq va inson huquqlarini himoya qilish kafedrasi

Xalqaro huquq va inson huquqlarini himoya qilish kafedrasi

Xalqaro huquq va inson huquqlarini himoya qilish kafedrasi oʼquv, ilmiy-tadqiqot, tahliliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshiradi.
Kafedra huquqni muhofaza qilish va davlat xizmatida tajribaga ega boʼlgan olimlar va amaliyotchilarni birlashtiradi.


Taʼlim faoliyati
Kafedra oʼquv jarayonining barcha bosqichlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun bakalavr, magistr, malaka oshirish kurslarini oʼqitishni taʼminlaydi.


Magistratura dasturlari doirasida quyidagi fanlar oʼqitiladi:
•    Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tizimi
•    Inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi
•    Bola huquqlari
•    Xalqaro jinoyat huquqi
•    Shaxsiy daxlsizlik huquqi
•    Аyollarga nisbatan zoʼravonlikka qarshi kurashish


Kafedrada Oʼzbekistonda birinchi va yagona “Inson huquqlari boʼyicha xalqaro huquq” magistratura dasturi tashkil etildi. Аmaliyotga yoʼnaltirilgan ushbu fanlararo magistrlik dasturi Аkademiya TDYU, JIDU va Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi milliy markazining qoʼshma loyihasidir.
Kafedra inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston yuridik universitetlari konsortsiumi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Bakalavriat yoʼnalishi boʼyicha kafedra jamoasi loyihaga asoslangan taʼlim, klinik taʼlim, blended learning, Sokrat usuli, simulyatsiya va boshqa zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda Xalqaro ommaviy huquq hamda inson huquqlari fanlarini oʼqitadilar.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun oʼquv kurslarining dasturlariga qiynoqqa, ayollar va bolalarga nisbatan zoʼravonlikka qarshi kurashish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlarni taʼminlash, adolatli sudlov huquqi, jinoyatlar qurbonlarini himoya qilish va boshqalar kiritilgan.


Ilmiy faoliyat
Kafedra xodimlarining ilmiy qiziqishlari: inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilish, xalqaro jinoyatlar, terrorizm, korruptsiya, odam savdosiga qarshi kurashish va boshqa dolzarb yoʼnalishlardan iborat.
Kafedrada muntazam ravishda ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va konferentsiyalar oʼtkaziladi. Uning xodimlari xalqaro va milliy, ilmiy hamda taʼlim loyihalarini amalga oshirishda qatnashadilar.
Kafedra xodimlari xalqaro huquq sohasi mutaxassislari va fan doktorlarini tayyorlaydi, dissertatsiya kengashlari faoliyatida qatnashadi, jurnallar tahririy hayʼati aʼzolari hisoblanadi, ilmiy faoliyati natijalarini faol nashr etadi, ixtisoslashtirilgan kasbiy birlashmalar faoliyatiga jalb qilingan.

 

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI

 

Isoqov Luxmonjon Xolboyevich


  

Kafedra boshlig‘i, Adliya maslahatchisi, yu.f.d., professor.

E-mail: l.x.isoqov@proacademy.uz

Fransiyaning Lion davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti va 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistraturalarini tamomlagan.

Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning milliy konsultanti, ARWU reytingida ta’lim sifati bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinda, U.S. News & World Report Best Global University Ranking versiyasi bo‘yicha Fransiyada 1-o‘rinda va dunyoda 30-o‘rindagi Parij-Sakle universiteti postdoktorantura dasturi tadqiqotchisi hisoblanadi.

100 ga yaqin ilmiy maqolalari o‘zbek, rus, fransuz va ingliz tillarida chop etilgan.

Jaloliddin Rumiyning inson huquqlari va qonun ustuvorligi bo‘yicha qo‘llanmasi, mashhur fransiyalik huquqshunoslarning 10 dan ortiq ma’ruzalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. BMTning “Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha” konvensiyasining o‘zbek tilidagi ilk tarjimasini amalga oshirgan.

 

Yesemuratov Alisher Izbasarovich


  

Kafedra katta o‘qituvchisi, adliya kichik maslahatchisi, yu.f.f.d (PhD).

“Migrantlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan.

 E-mail: a.i.yesemuratov@proacademy.uz

Inson huquqlari, xalqaro huquq, xalqaro migratsiya huquq, migrantlar huquqlarni himoya qilishga oid monografiya, o‘quv qo‘llanma va o‘quv adabiyotlari pedagogik amaliyotda keng foydalanilmoqda. Uning 20 dan ortiq ilmiy maqolalari o‘zbek, rus, va ingliz tillarida chop etilgan.

 

Халилов Шоҳруҳ Мирзо Боймурод ўғли


  

Kafedra o‘qituvchisi, 1-darajali yurist. 

“Tergovchining protsessual maqomini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda.

E-mail: sh.b.xalilov@proacademy.uz

10 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda hammualliflikda 2 ta darslik nashr etilgan.

 

Kadirova Barno Turanboy qizi


  

Kafedra o‘qituvchisi, 2-darajali yurist, yu.f.f.d.

“Qiynoqqa qarshi kurashishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

E-mail: b.t.kadirova@proacademy.uz

Riga oliy huquq maktabida (Riga Graduate School of Law) 10 - “Intensive programme in European Law and Economics” dasturida ishtirok etgan.

18 ilmiy maqolalari o‘zbek, rus, va ingliz tillarida chop etilgan.