Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlik profilaktikasi to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat kafedrasi

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlik profilaktikasi to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat kafedrasi

Kafedra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PF-5438-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.

Kafedrada jami 7 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi. Ularning bir nafari yuridik fanlar doktori (DSc), ikki nafari yuridik fanlar nomzodi, bir nafari yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga ega.

Ilmiy salohiyat 57%ni tashkil qiladi.

Kafedra boshlig'i v.b., PhD, adliya maslahatchisi Karimov Xurshid Akramovich 2008 yil 11 sentyabrdan faoliyat ko'rsatadi.

Kafedraning asosiy faoliyat yo'nalishlari:

– Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida kadrlarning malakasini oshirib borish;

– Jinoyat, Jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishga oid qonun ijodkorligida ishtirok etish;

– jinoyatlarni tergov qilish sohasida zamonaviy texnik vositalardan hamda taktik usullardan foydalanish bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirish;

– jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid  qonun normalarini aholi va ijrochilarga yetkazish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishlarida qatnashish;

– xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg'or xorijiy ilmiy-ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda dasturlarni amalga oshirish.

Yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, kafedra tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O'tgan davrda quyidagi o'quv kurslari tashkil etildi:

Qoraqalpog'iston  Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat prokuraturalari  va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning 15 va 16-tarmoq xodimlari ishtirokida “Surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazoratni amalga oshirish samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat prokuraturalari  va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning 18 va 21-tarmoq xodimlari ishtirokida “Tergov faoliyatida yo'l qo'yilayotgan asosiy kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo'llari” mavzusida malaka oshirish tashkil etildi.

Kafedra tomonidan yosh tergovchilarni masofadan o'qitish dasturi ishlab chiqildi hamda yosh mutaxassis tergovchilar uchun masofaviy ta'lim kurslari tashkil etildi.

Ichki ishlar xodimlari profilaktika inspektorlarini masofadan o'qitish dasturi ishlab chiqildi hamda Xorazm va Qoraqalpog'iston Respublikasida o'quv kurslari tashkil etildi.

Ichki ishlar tergovchilarini masofadan o'qitish dasturi ishlab chiqildi.

Kafedra xodimlari tomonidan quyidagi o'quv-uslubiy materiallar tayyorlandi:

“Raqamli ekspertiza imkoniyatlaridan foydalanish: milliy va xorijiy tajriba” nomli amaliy qo'llanma.

“Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof muomala qilish bilan bog'liq jinoyatlar profilaktikasi va ushbu jinoyatga qarshi kurash masalalari” nomli o'quv qo'llanma.

“Bosqinchilik jinoyatlarini profilaktika qilish masalalari” nomli amaliy qo'llanma.

“Poraxo'rlik bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)” mavzusida o'quv qo'llanma;

“Poraxo'rlik bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish xususiyatlari (Qoraqalpog'iston Respublikasi misolida)” mavzusida o'quv qo'llanma;

20 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettildi.

Kafedra xodimlari tomonidan xodimlar ilmiy-pedagogik va kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan bir qator tadbirlarda ishtirok etilgan:

Kafedra boshlig'i PhD X.A.Karimov Bosh prokuratura Akademiyasi kengashi a'zosi, Akademiyaning ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash kotibi. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarini yangi tahrirdagi loyihasini tayyorlash bo'yicha ishchi guruhi a'zosi.

Kafedra dotsenti, yu.f.d. I.R.Astanov Bosh prokuratura Akademiyasi Ilmiy kengashi a'zosi, ilmiy seminar a'zosi hisoblanadi. Shuningdek, u ilmiy daraja va unvonlar beruvchi bir qator kengashlar a'zosi hisoblanib, yurisprudensiyaning turli yo'nalishlarida fan nomzodi, PhD falsafa doktori ilmiy darajasi bo'yicha shogirdlar tayyorlamoqda va yosh mutaxassislarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. TDYUda Axborot xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni ekspertiza qilish yo'nalishida grant loyihasi a'zosi hisoblanadi.

Kafedra katta o'qituvchisi Mirzaev Faxritdin Ziyatovich tergovchilarni masofadan o'qitish dasturlarini tayyorlash, tergov faoliyati muammolari bo'yicha o'quv filmlari tayyorlagan. Tergov faoliyati yo'nalishi bo'yicha magistratura tinglovchilariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

Kafedra o'qituvchisi yu.f.n. Shodiev G'ulom Maxammatovich ilmiy maqolalar chop ettirmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o'quv mashg'ulotlari o'tkazmoqda.

Kafedra o'qituvchisi, adliya kichik maslahatchisi Nematjonov Zuxriddin Ubaydullaevich zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o'quv mashg'ulotlari o'tkazmoqda. Prokuratura organlari tomonidan qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish bo'yicha hududlarda o'tkazilgan tekshiruvlarda ishtirok etib kelmoqda.