Kafedra yurisprudensiya sohasida kadrlarni tayyorlash, xodimlarni kasbiy qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida ishtirok etib, o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
jinoyat sudlarida prokuror vakolatini ta’minlash;
fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash;
iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash;
ma’muriy sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash;
sudlar tomonidan jinoyat huquqi normalarini qo‘llash masalalari;
fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari;
sud organlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish masalalari va ushbu qonunchilik ijrosi ustidan nazorat;
jinoiy jazolarni ijro etish sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI
|
|
||
|
|
|
|
Yarashev Baxrombek Rustamovich |
||
|
|
Kafedra o‘qituvchisi, adliya maslahatchisi. “Birinchi instansiya sudlarida sud tergovining protsessual jihatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot o‘tkazmoqda.
|
Bir qator ilmiy nashrlar, shu jumladan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30-yilligi” ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan “O‘zbekiston prokuraturasiga 25-yil”, “O‘zbekiston prokuraturasiga 30-yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
|
Qandahorova Dilnoza Sattorovna |
||
|
|
Kafedra katta o‘qituvchisi, adliya maslahatchisi. “Yetim bolalarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilishda prokuror nazoratining ayrim masalalari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
|
Bir qator ilmiy nashrlar muallifi. Shu jumladan, “Qonun himoyasiga hayot baxshida” nomli O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilliga bag‘ishlangan kitob, 1937-1940-yillarda qatag‘on qurbonlari bo‘lgan prokuratura xodimlariga bag‘ishlangan “Tarixiy xotira beqiyos” nomli kitoblar yaratilishida mualliflar jamoasi tarkibida samarali faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra ta’sis etilgan “O‘zbekiston mustaqilligining 15 yilligi” ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga ko‘ra “O‘zbekiston prokuraturasiga 25 yil”, “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
|
Mirmaxmudov Zoxidjon Irismetovich |
||
|
|
Kafedra katta o‘qituvchisi, adliya katta maslahatchisi. “Jinoiy jazo sifatida jarimaning nazariy va amaliy jihatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. |
Bir qator ilmiy nashrlar, shu jumladan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra ta’sis etilgan “O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
|
Dusmanov Sanjar Abdujalolovich |
||
|
|
Kafedra o‘qituvchisi, adliya maslahatchisi,yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Soddalashtirilgan tartib institutini jinoyat ishlari yurituviga joriy qilish istiqbollari” mavzusida bajarilgan dissertatsiyani himoya qilgan.
|
20 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra ta’sis etilgan “O‘zbekiston Mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
|
Esanaliyev Sadriddin Nuriddin o‘g‘li |
||
|
|
Kafedra o‘qituvchisi, 1-darajali yurist. “Jinoyat protsessida dastlabki eshituv institutini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirgan.
|
|
|
||
|
|
|