O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Til o‘rgatish kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son farmoniga asosan yangi tashkil etilgan.
Kafedrada magistratura yo‘nalishida “Yuridik ingliz tili” modulidan, bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha“Yuristlar uchun rus tili”, “Pismennie i ustnie kommunikativnie naviki yurista”, “Yuristlar uchun xorijiy til” modullaridan dars mashg‘ulotlari olib boriladi.
Til o‘rgatish kafedrasining maqsad, asosiy vazifa va funksiyalari:
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Bosh prokurorning buyruqlari, shuningdek, Akademiya boshlig‘i buyruqlarini bajarilishini ta’minlash;
huquqni muhofaza qilish sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash vazifasi tillarni o‘qitishda kommunikativ va amaliy xarakterni belgilash barobarida chet tillarida tinglash, gapirish, o‘qish va yozishda nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, tuzatish, eshitish orqali ma’lumotni idrok etish, o‘qish, matnni tahlil qilish va takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning barcha bosqichlarida chet tilini o‘rganuvchi talaba va tinglovchilarning ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish;
chet tili kommunikativ kompetensiyasi – o‘rganilayotgan chet tili bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyatini yanada oshirish;
talaba va tinglovchilarning ish o‘rganish va bazaviy amaliyotlarini tashkil etilishini ta’minlash;
talaba va tinglovchilarning mustaqil ta’lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarni tatbiq etishni ta’minlash;
o‘quv jarayoniga o‘qitishning yangi metodlari, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, shakl va vositalari, pedagogika sohasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sohaviy xizmatlari amaliy faoliyati bo‘yicha ilg‘or tajribalarga oid tadqiqotlar natijalarini chet tillarida tatbiq etilishini ta’minlash;
davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida o‘quv ishlari, o‘quv-uslubiy ishlarni bajarilishini ta’minlash;
o‘z ustida muntazam ishlab, dars olib borish jarayoni metodikasi sifatini oshirish, shaxsiy rejada belgilangan o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy, ma’rifiy yuklamalarni o‘z vaqtida bajarish;
kafedrada tegishli o‘quv fanlari (modullari) bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar, darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI
Mirzokulova Xursanoy Nematjonovna |
||
|
|
Kafedra katta o‘qituvchisi, kafedra boshlig‘i v.v.b, 3-darajali yurist. 13.00.01. Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarihi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak huquqshunoslarning ingliz tilida yozuv ko‘nikmalarini loyihaviy faoliyat texnologiyasi yordamida rivojlantirish” mavzusida pedagogika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda. Email: x.n.mirzokulova@proacademy.uz
|
Xalqaro hamda respublika miqyosidagi konferensiyalar va jurnallarda 10 dan ortiq maqola va tezislar nashr ettirgan.
Huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Initial legal English” nomli darslik va o‘quv qo‘llanma muallifi.
Юлдашев Хуршид Нозим ўғли
|
||
|
|
Kafedra o‘qituvchisi, 3-darajali yurist. Hozirda “Effective strategies of teaching English in large classes” mavzusida pedagogika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda. Email: x.n.yuldashev@proacademy.uz
|
Milliy til sertifikati Multilevel C1 darajasi va xalqaro IELTS imtixonidan 8.0 balni qo‘lga kiritgan.
Нишонов Илҳомджон Дилмуродович |
||
|
|
Kafedra o‘qituvchisi. Hozirda “Uilyam Gibson asarlarida kelajak tamadduni obrazi” mavzusida 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tadqiqot ishi olib bormoqda. Email: i.d.nishonov@proacademy.uz
|
OAK ro‘yxatiga kiruvchi jurnallarda 7 ta, xalqaro impakt-faktorli jurnallarda 4 ta va xalqaro hamda respublika miqyosidagi konferensiyalarda 10 ta tezis chop ettirgan.