Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi

Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi

Davlatimiz rahbarining 257–son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tarkibida Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi kiberjinoyatlarni tergov qilish usullari, internet tarmog‘idan ma’lumotlarni yig‘ish, raqamli kriminalistikaning maxsus dasturiy ta’minotlarni ishlatish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi.
Markazning maqsadi Akademiya tinglovchilarini zamonaviy raqamli kriminalistika vositalari yordamida jinoyatni issiq izdan ochish, raqamli ashyoviy dalillarni o‘z vaqtida aniqlab, topib, qayd qilib olish, tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun maxsus bilimga ega bo‘lgan bo‘lajak huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari sifatida mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashdan iborat.

Endilikda, kiberhuquqni takomillashtirish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini o‘rganish, kibermakondagi tahdidlarga faol javob berish bilan bog‘liq uslubiy va ilmiy tahliliy faoliyatni keskin kuchaytirish imkoni yaratildi.
Markaz tarkibida yashirin internet tarmoqlarida tegishli raqamli dalillarni qidirish va qayd etish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradigan mamlakatimizdagi yagona Dark Web o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi.
Laboratoriya zamonaviy kompyuter va tarmoq uskunalari, jumladan, internetning yashirin segmentida ishlash uchun zarur dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan.

O‘quv jarayonida turli xil elektron qurilmalarda saqlanadigan raqamli dalillarni tahlil qilish, tekshirish, identifikatsiyalashning zamonaviy raqamli kriminalistika usullari, texnikasi va vositalarini o‘quv jarayonida qo‘llaniladi.
Ushbu laboratoriyada kriptovalyutalar va Darknet tarmog‘idan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha o‘quv kurslari va tadqiqot ishlari doimiy ravishda olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan kiberjinoyatchilik va ularni tergov qilish masalalari yuzasidan muntazam ravishda xorijiy ekspertlar ishtirokida trening hamda seminarlar o‘tkazilmoqda.

Akademiyada kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-metodologik qo‘llanmalar bazasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ekspertlari bilan hamkorlikda “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar (kiberjinoyatlar): turlari, kvalifikatsiyasi va tergov harakatlarini o‘tkazish strategiyasi” maxsus o‘quv qo‘llanmasi tayyorlanib, mingdan ziyod nashr nusxalari barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning o‘quv muassasalariga foydalanish uchun yuborildi.

 

Musayev Gayrat Farxadovich

Shakirov

  

Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi boshlig‘i

“Raqamli dalillarning protsessual ahamiyati” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotini olib bormoqda.

Email: g.musaev@proacademy.uz

“Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar (kiberjinoyatlar): turlari, kvalifikatsiyalanishi va ularga nisbatan tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi” o‘quv qo‘llanmasining muallifi.

2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi nomidan “Kiberjinoyat va raqamli dalillarga kirish” mavzusida Tojikiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini o‘qitishda xalqaro ekspert va trener sifatida ishtirok etgan.

2017-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni;

2022-yilda “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

 

Gadjiyev Xagani Moxubbat ogli

Shakirov

  

Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi katta prokurori

“Kompyuter-texnik ekspertizasini uslubiy va tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda.

Email: x.gadjiyev@proacademy.uz

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni

“O‘zbekiston Respublikasi IIVning 30 yilligiga” esdalik nishoni

“Daktiloskopiya”, “Trasologiya”, “Ballistika”, “Portret”, “Kompyuter-texnik”, “Mobil qurilmalar ekspertizasi” kabi 6 ta ixtisoslik bo‘yicha kriminalistik ekspertizalarini mustaqil bajarish huquqiga ega.

“Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar (kiberjinoyatlar): turlari, kvalifikatsiyalanishi va ularga nisbatan tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi” o‘quv qo‘llanmasining muallifi.

 

Konovalov Ilya Borisovich

Shakirov

  

Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi prokurori

Kronost norelyatsion ma’lumotlar bazalarni boshqarish tizimi va Oracle ma’lumotlar bazalarini boshqarish bo‘yicha sertifikatlashtirilgan mutaxassis.

Email: konovalov@proacademy.uz

2017-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni;

2022-yilda “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Markaz mutaxasisslari bilan hamkorlikda “Raqamli kriminalistika” moduli bo‘yicha elektron darslik ishlab chiqmoqda.

Axborotni to‘plash va qayta ishlash, shuningdek pul yoki boshqa mol-mulk bilan kiruvchi xabarlarni birlamchi qayta ishlash, tizimining muallifi, uning asosida hozirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti axborot tizimi qurilgan.