Xalqaro hamkorlik bo'limi

Xalqaro hamkorlik bo'limi

Xalqaro hamkorlik bo'limi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining xalqaro faoliyatini tashabbus qiladi, targ'ib etadi va muvofiqlashtiradi.

Bo'lim faoliyatining asosiy yondashuv Akademiyaning xalqaro ilmiy doirada tan olingan yetakchi tadqiqot va ta'lim markazi bo'lib yetishish maqsadidan kelib chiqqan holda, xalqaro aloqalarni qo'llab-quvvatlovchi va rivojlantiruvchi tarkibiy qismi sifatida faoliyat yuritishdan iborat.

Bo'limning vazifasi:

- Akademiyaning Markaziy Osiyo va butun dunyodagi hamkor muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish va qullab-quvvatlash;

- oliy ta'lim sohasidagi xalqaro dastur va loyihalar bo'yicha ma'lumotlarni to'plash va nashr etish;

- akademik harakatchanlikni rag'batlantirish;

- akademiya va uning tarkibiy bo'linmalarining xalqaro tashabbuslari va faoliyatini qo'llab-quvvatlash va maslahat ko'magi berish.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5438-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo'l haritasi”ning xalqaro aloqalarni mustahkamlash qismini amalga oshirish maqsadida o'tgan davr mobaynida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy, huquqiy muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, o'zaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qo'shma dasturlarni amalga oshirish 

Hamkorlik to'g'risida 14 ta memorandum imzolandi, shuningdek yana 3 ta memorandum imzolash bo'yicha (Singapur korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasi, Moskva tergov qo'mitasi Akademiyasi, moliyaviy monitoring xalqaro o'quv-uslubiy markazi bilan) kelishib olindi.

Turkiya Respublikasi Adliya Akademiyasi va Ukraina prokuraturasi milliy akademiyasi bilan hamkorlik niyatlar to'g'risidagi protokollar hamda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi universiteti bilan hamkorlik dasturi imzolandi.

  1. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o'quv kurslari va Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi o'rtasida kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida o'zaro anglashuv va hamkorlik to'g'risidagi memorandum (Moskva,  2017 yil 12 yanvar).
  2. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o'quv kurslari va Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi davlat prokurorlari instituti o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi (Pekin, 2017 yil 21 fevral`).
  3. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o'quv kurslari va Qozog'iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi huquqni muhofaza qilish organlari Akademiyasi o'rtasida ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi memorandum (Ostona shahri, 2017 yil 3 avgust).
  4. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o'quv kurslari va Koreya huquqiy tadqiqotlar instituti o'rtasida o'zaro anglashuv va hamkorlik to'g'risidagi memorandum (Toshkent sh., 2017 yil 27 oktyabr).
  5. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o'quv kurslari va Sibir boshqaruv instituti o'rtasida ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi memorandum (Toshkent sh., 2017 yil 1 dekabr).
  6. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Belarus davlat universiteti ta'lim muassasasi o'rtasida ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi memorandum (Minsk sh., 2018 yil 13 iyun).
  7. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Belarus` Respublikasi Bosh prokuraturasining qonuniyligi va huquq-tartibotini mustahkamlash muammolari ilmiy-amaliy markazi davlat muassasasi o'rtasida ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum (Minsk sh., 2018 yil 13 iyun).
  8. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Fransiya Respublikasi magistratura milliy maktabi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi bitim (Parij, 2018 yil 2 iyul).
  9. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va “Buyuk kelajak” XNNT o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi bitim (Toshkent sh., 2018 yil 24 oktyabr).
  10. Lund universiteti sotsiologiya bo'limi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi (Lund sh., 2019 yil yanvar).
  11. Xelsinki universiteti Aleksandr instituti va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi (Xelsinki sh., 25 yanvar 2019 yil).
  12. Bosh prokuratura Akademiyasi va Koreya Respublikasi Adliya instituti o'rtasida anglashuv memorandumi (Toshkent sh., 2019 yil 13 may).
  13. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Ukraina prokuraturasi milliy akademiyasi o'rtasidagi niyatlar to'g'risidagi protokol (Toshkent sh., 2019 yil 16 may).
  14. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Turkiya Respublikasi Adliya Akademiyasi o'rtasidagi niyatlar to'g'risidagi protokol (Toshkent sh., 2019 yil 16 may).
  15. Bosh prokuratura Akademiyasi va Yaponiyaning Adliya instituti bilan hamkorlik memorandumi (Toshkent, 2019 yil 25 iyul).
  16. “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi (Toshkent sh., 2019 yil sentyabr).
  17. Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi universiteti bilan hamkorlik dasturi imzolandi.

Xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilish yo'nalishi

  1. Akademiyaning moddiy-texnik bazasini samarali ishlashini ta'minlash va mustahkamlash maqsadida 13 loyiha amalga oshirilmoqda. 
  2. Akademiyaning ilmiy-ta'lim salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan 10 ta qo'shma loyiha amalga oshirilishi kelishilmoqda. 

Akademiya professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish va tinglovchilarni o'qitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish amaliyotini joriy etish yo'nalishi

Akademiya talabalari va pedagog xodimlari uchun xalqaro tashkilotlar va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda 53 ta xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Akademiyaning o'qituvchilari, tinglovchilari va prokuratura organlari xodimlarini xorijiy mamlakatlar ta'lim muassasalarida stajirovka o'tashi, shuningdek, doimiy ravishda yurisprudentsiyaning dolzarb masalalari bo'yicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda ishtirok etishini tashkil etish

Xorijiy ta'lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 51 nafar Akademiya xodimlarining stajirovkasi tashkil etildi.

Xalqaro tanlov va dasturlarda ishtirok etish 

Adliya sohasida o'qitish va tayyorlash stipendiya dasturida ishtirok etish (IJET) 

Bosh prokuratura Akademiyasi AQShdagi Adliya sektori stipendiya dasturida (IJET) ishtirok etish bo'yicha xalqaro tanlovda g'olib bo'ldi.

IJET dasturi Amerika huquqshunoslari assotsiatsiyasi (ABA|ROLI) qonun ustuvorligi tashabbusi tomonidan amalga oshirilayotgan hamda jinoiy adolat va hamkorlik (INL/CAP) targ'ib qilish idorasi tomonidan muvofiqlashtirilayotgan ikki bosqichli dastur hisoblanadi.

Dasturning birinchi bosqichi akademik trening, huquq-tartibot va qonun ustuvorligi sohasidagi faoliyati bilan tanishish, islohotlarning loyihaviy rejasini ishlab chiqish uchun AQShga tashrifdan iborat.

Ikkinchi bosqichda Akademiya vakillari tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekistonda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish sohasidagi mexanizmlarni takomillashtirish loyihaviy rejasini amalga oshirishda texnik ko'mak ko'rsatish uchun AQShdan bir guruh ekspertlar O'zbekistonga tashrif buyuradi.

Dasturning birinchi bosqichi doirasida, Akademiya xodimlari Amerika Qo'shma Shtatlarida bir oylik o'qishni muvaffaqiyatli yakunlashdi. Tashrif davomida sud, prokuratura, huquq-tartibot idoralari, probatsiya xizmatlari, jamoat tashkilotlari, AQSH yuridik kadrlarini professional tayyorlash muassasalari vakillari ishtirokida bir qator davra suhbatlari, o'quv seminarlari, ishchi uchrashuvlar tashkil etildi.

Loyihaning amalga oshirilish davom etmoqda.

JICA xalqaro tanlovlarida ishtirok yetish

JICA tomonidan e'lon qilingan tanlovlarda Akademiya vakillari ikki marotaba g'alaba qozondi.

Tanlovlar natijasiga ko'ra, Akademiya vakillari 2019 yilning yanvar va may oylarida Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan tashkillashtirilgan, BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan ishlash Osiyo va uzoq Sharq institutining (UNAFEI) “Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov tizimi” mavzusidagi o'quv kurslarida ishtirok etishdi.

Xalqaro OECD dasturlarida ishtirok etish

Soliq va moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo'yicha OECD Osiyo-tinch okeani Akademiyasi (Saitama, Yaponiya) tomonidan ye'lon qilingan tanlovdan so'ng, Akademiyaning ikki vakili Yaponiyada OECD Osiyo-Tinch okeani Akademiyasida moliyaviy tergovni boshqarish bo'yicha ikki haftalik o'quv kursida ishtirok etdi.

Mazkur kurs murakkab moliyaviy jinoyatlarni tergov qilishni amalga oshirish (jinoiy tushumlarni legallashtirish va korrupsiya), identifikatsiya jarayonidan jinoiy aktivlarni aniqlashdan qaytarishgacha bo'lgan masalalarni kamrab olgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari salohiyatini mustahkamlash bo'yicha xalqaro dasturda ishtirok yetish (ILEA)

2018-2019 yillarda AQSH elchixonasi ko'magida Akademiya vakillarining Huquqni muhofaza qilish organlari xalqaro Akademiyasining 5ta kursida ishtirok etish orqali huquqni muhofaza qilish organlari salohiyatini mustahkamlash xalqaro dasturida ishtirok etildi.