O'quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo'limi

O'quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo'limi

O'quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo'limi Akademiyaning tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, o'quv jarayonini boshqarish faoliyatini amalga oshiradi.

Bo'limning asosiy vazifalari o'quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish hamda nazorat ishlarini amalga oshirish, o'quv jarayonini o'quv-uslubiy jihatdan ta'minlash, o'quv jarayoniga ilg'or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni keng jalb qilishdan iborat.

Bo'lim Akademiya kafedralari faoliyatini muvofiqlashtiradi, professor-o'qituvchilarning pedagogik faoliyati hamda o'qitish sifati va samaradorligini tizimli monitoringi hamda tahlilini amalga oshiradi, shuningdek, ularning kasbiy va pedagogik mahoratlarini yuksaltirishga oid tadbirlarni tashkillashtiradi.

Bo'lim o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli funktsiyalarni amalga oshiradi. Xususan, prokuratura organlari xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etadi, kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish o'quv yo'nalishlari bo'yicha o'quv predmetlari (modullari)ni shakllantiradi va kafedralar tomonidan o'quv predmetlari bo'yicha o'quv dasturlari va o'quv-metodik majmualar ishlab chiqilishini nazorat qiladi.

Shuningdek, o'quv kurslari kontingentini shakllantirish, qabul va tanlov komissiyalari ishini tashkil etish jarayonida bevosita ishtirok etadi va tinglovchilarni o'quv jarayoniga oid axborot bilan ta'minlaydi.

Bo'lim faoliyatiga bo'lim boshlig'i rahbarlik qiladi.

Bo'limda katta prokurorlar, prokurorlar, ish yurituvchilar faoliyat ko'rsatadi.