Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash bo'limi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash bo'limi

Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2018 yildagi PF-5438-sonli «Prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni asosida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida tarkibida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash bo'limi tuzilgan.

Bo'limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

AKT va axborot xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hay'atining qarorlari, Bosh prokurorning buyruqlari va ko'rsatmalarining qat'iy bajarilishini ta'minlash;

AKT va axborot xavfsizligini joriy etishning yagona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

AKT va axborot xavfsizligi sohasidagi faoliyatni uslubiy va amaliy ta'minlash;

Akademiya faoliyatida AKTning zamonaviy dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Akademiyaning asosiy faoliyatida elektron tizimli ma'lumotlar bazalarini yaratish va yuritish;

axborot tizimlar, dasturiy mahsulotlarni integratsiyalashtirish va rivojlantirish, shuningdek ularni joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

axborot xavfsizligini ta'minlash, Akademiya axborot tizimlari, manbalari va ma'lumotlar bazalarini himoya qilish uchun texnik xavfsizlik infratuzilmasini rivojlantirish, axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligini nazorat va monitoringini ta'minlash;

AKT texnologik infratuzilmasining uzluksiz ishlashi va rivojlanishini, server va tarmoq uskunalariga, Akademiya kompyuter uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish;

statistik hisobotlarni o'z vaqtida tuzish.