Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, Bosh prokuraturaning hay’ati qarorlari va ish rejalari, Akademiya Kengashi qarorlari va Akademiya ish rejalari, Bosh prokuror va Akademiya boshlig‘ining buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalari ijrosini qat’iy ta’minlash;
Akademiya tarkibiy tarmoqlarining fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning istiqbolli rejalarini shakllantirish, ijrosini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Akademiya tarkibiy tarmoqlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va amaliy-uslubiy ko‘maklashish, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini huquqiy va ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
ilmiy-tadqiqot mavzulari bazasini shakllantirish, reyestrini yuritish va takomillashtirib borish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish, ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tizimli asosda o‘tkazish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qilish hamda prokuratura faoliyatining dolzarb yo‘nalishlarida yetakchi milliy va xorijiy ta’lim muassasalari, tahliliy, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalarida qatnashish va tadqiqot loyihalarining bajarilishini nazorat qilish;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarining bajarilishi uchun ilmiy-ijodiy jamoalarni tuzish;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida olib borilayotgan ilmiy loyihalarning bajarilishini nazorat qilish;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarni jamlash, tahlil qilish va muvofiqlashtirish, shuningdek, bevosita markaz tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalarini umumlashtirish hamda har olti oyda Akademiya rahbariyati va Akademiya Kengashi muhokamasiga kiritish;
ilmiy tadbirlar (respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar)ni tashkil qilish, o‘tkazish hamda muvofiqlashtirish;
ilmiy salohiyatni kuchaytirish va impakt faktorini oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash, ilmiy salohiyat holatini doimiy monitoring qilib borish;
ilmiy xodimlar, shuningdek, talabalar va tinglovchilar tomonidan ilmiy ishlanmalar (ilmiy-amaliy qo‘llanmalar, axborot-tahliliy materiallar, ilmiy maqolalar va boshqalar) chop etilishi borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
xodimlar va tadqiqotchilarning WEB of Science, SCOPUS, RINTS va boshqa yetakchi ilmiy bazalarda maqolalar chiqarishlariga uslubiy ko‘maklashish, bunday maqolalar hajmini oshirishni muvofiqlashtirish;
qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa, ilmiy uslubiyot va tavsiyalar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
qonun hujjatlari va ularning loyihalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirish, qonun hujjatlari va ularning loyihalari yuzasidan tayyorlangan takliflarni umumlashtirish;
markaz tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini huquqni muhofaza qilish organlarining amaliy faoliyati va ta’lim jarayonida qo‘llanilishini tashkil qilish hamda bu borada qilingan ishlar bo‘yicha har olti oyda Akademiya Kengashiga hisobot berish;
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyatni amalga oshirishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul ishlarini tashkil etish, ularning hisobini yuritish va tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish;
doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirilishini nazorat qilish;
doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning malakaviy imtihonlarini topshirish jarayonini tashkil etish;
doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy izlanishlari samaradorligi va sifati monitoringini amalga oshirish;
doktorantlar tomonidan ichki tartib qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni safdan chetlashtirishni rasmiylashtirish;
yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, huquqni muhofaza qilish faoliyatining eng dolzarb masalalari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni tizimli asosda, shu jumladan, milliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda amalga oshirish;
xodimlar, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlarning ilmiy tadqiqotlariga oid hujjatlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, uning huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Oliy attestatsiya komissiyasida rasmiylashtirilishida ko‘maklashish;
ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha xodimlar, tinglovchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning malakasini oshirish, bu boradagi bilim hamda ko‘nikmalarini chuqurlashtirish;
ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etish, bu borada o‘quv mashg‘ulotlari, seminar, davra suhbati, trening va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash faoliyatiga doir o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, milliy va xorijiy olimlar bilan birgalikda hammualliflik qilish hamda ta’lim va boshqa muassasalarning buyurtmasiga binoan zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda qatnashish, shuningdek, yangi nashr etiladigan adabiyotlarga taqriz (xulosa)lar berish;
Akademiya Ilmiy Kengashi majlislariga tashkiliy jihatdan tayyorgarlikni amalga oshirish, tayyorlangan hujjatlarni majlis kun tartibiga kiritish, dissertatsiyalar muhokamasini tashkillashtirish, majlis bayonnomalarini yuritilishi, hisobini olib borilishi, qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etilishi va nazoratni amalga oshirilishini ta’minlash;
Akademiya Ilmiy kengashi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
ilmiy xodimlarni tayyorlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar va ularning natijalarini umumlashtirish hamda har olti oyda va Akademiya rahbariyati va Akademiya Kengashi muhokamasiga kiritish;
Huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilik muammolarini o‘rganish laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish va yuritish;
ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash sohasiga doir tizimli muammolarni jamlash, umumlashtirish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
yetakchi milliy va xorijiy ta’lim muassasalari, tahliliy, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish;
faoliyat samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha shaxsiy ma’lumot (hisobot)larini belgilangan muddatlarda to‘g‘ri, asosli va haqqoniyligini ta’minlagan holda taqdim qilish;
Akademiya xodimlarining faoliyat samaradorligini ilmiy faoliyatga oid ko‘rsatkichlarga doir qismi bo‘yicha baholashni amalga oshirish;
Akademiya nufuzini yuksaltirishda ishtirok etish, milliy va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha taalluqli vazifalar ijrosini ta’minlash, bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorakda hisobot tayyorlash;
ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan tizimli tahlil asosida takliflar ishlab chiqish va kiritish;
tinglovchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va fuqarolarni qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
qonunchilikni targ‘ib qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, idoraviy va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Akademiyaning ish rejalariga takliflar kiritish va ijrosini ta’minlash;
belgilangan muddatlarda statistik hisobotlar tuzish;
amalga oshirilgan ishlar haqida Akademiya rahbariyatiga muntazam axborot berib borish.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaz zimmasiga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tasdiqlangan vazifalar taqsimotiga muvofiq funksiyalarni bajaradi.
MARKAZ XODIMLARI TARKIBI
Isoqov Luqmonjon Xolboyevich |
||
![]()
|
|
Markazi boshlig‘i, yu.f.f.d (PhD), dots.nt, adliya maslahatchisi
Email: sh.i.shayzakov@proacademy.uz |
2021-yil 21-oktyabrda Akademiyaning Ilmiy kengashida “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo‘yicha “Ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslari: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2023-yil 30-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo‘yicha “dotsent” ilmiy unvoni berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida 15-yildan buyon xizmat faoliyatini olib bormoqda. Adliya maslahatchisi. Bosh prokuror tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan.
Pedagogik faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta darslik, 6 ta ilmiy-amaliy qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta ilmiy risola muallifligida va hammuallifligida nashr etilgan.
Hozirda “Fuqarolik protsessida sud hujjatlarini yuqori instansiyada qayta ko‘rish institutining nazariy va amaliy muammolari” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasi yuzasidan tadqiqot olib bormoqda.
Shodiyev G‘ulom Maxammatovich |
||
![]()
|
|
Markazi katta prokurori, yu.f.n., dots.nt, adliya maslahatchisi
Email: shodiev.g@proacademy.uz |
“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklovchi tergov harakatlari ustidan sud nazorati” mavzusidagi yuridik fanlar nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.
G‘.M.Shodiyev ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasida bo‘lim katta prokurori sifatida “Jinoyat protsessida reabilitatsiya qilishning nazariy va amaliy masalalari” mavzusida yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun tadqiqot olib bormoqda.
50 dan ortiq ilmiy ishlari Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan.
2 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta darslik, 3 ta ilmiy-amaliy qo‘llanma, 5 ta uslubiy qo‘llanma, Jinoyat protsessiga sharh, 3 ta ilmiy risola muallifligida va hammuallifligida nashr etilgan.
Quchqarov Xamidullo Abdurasulovich |
||
|
|
Markazi prokurori, yu.f.f.d. (PhD), adliya kichik maslahatchisi
Email: x.a.quchqarov@proacademy.uz |
X.A.Quchqarov 2004-yili Namangan davlat universitetini bakalavr bosqichini va 2006-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini magistratura bosqichini tamomlagan.
X.A.Quchqarovning “12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya” ixtisosligi bo‘yicha “Fuqarolik protsessida ishlarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) himoya qilgan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasida bo‘lim prokurori sifatida “Mehnat nizolarini sudda ko‘rishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual-huquqiy maqomining nazariy va amaliy masalalari” mavzusida yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun tadqiqot olib bormoqda.
X.A.Quchqarov tomonidan shu kunga qadar 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqola, 3 ta o‘quv qo‘llanma (2 tasi hammualliflikda), 3 ta o‘quv-amaliy qo‘llanma, 1 ta risola, 2 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma va 1 ta darslik (hammualliflikda) tayyorlangan.
Radjapov Doniyor Baxtiyarovich |
||
![]() |
|
Markazi prokurori, yu.f.f.d. (PhD), adliya kichik maslahatchisi
Email: d.b.radjapov@proacademy.uz |
D.B.Radjapov 2013-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavr bosqichini va 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.
2012-yilda Iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan Berdaq nomli va 2013-yilda Navoiy nomli Davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan.
2023-yil 4-dekabr kuni Akademiyaning ilmiy kengashida “12.00.07 - “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro qilish ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida 7 xizmat faoliyatini olib bormoqda. Xizmat faoliyati davomida bir necha marotaba rag‘batlantirilgan.
Ilmiy faoliyati davomida 40 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar hamda 3 ta ilmiy-amaliy qo‘llanmalar muallifi va hammuallifi bo‘lgan.