O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mutaxassisi vazifasiga tanlov e’lon qiladi (fuqarolik-huquqiy shartnoma muayyan muddatga tuziladi).
Akademiya haqida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi.
Tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, bunda Akademiya faoliyati ochiqligini ta’minlash, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan jarayonlarni keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqib, ayni kunda Akademiya faoliyatini OAV da yoritish, ta’lim dargohi imidjini shakllantirish, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda Akademiya tashabbuskorligini ko‘rsatish maqsadida, Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga axborot xizmati sohasida mutaxassiss jalb qilish zarurati mavjud. Nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma imzolanadi.
Mutaxassis quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Akademiya faoliyati haqida OAV, Akademiya rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali yoritish uchun axborotlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash;
Akademiya faoliyati yuzasidan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish;
Akademiya ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
OAV bilan samarali hamkorlik qilish, Akademiya bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar jamoasi doirasida tezkor tarqatish uchun ma’lumotlarni tayyorlash va Bo‘lim boshlig‘iga taqdim qilish;
Akademiya tarmoqlari faoliyatini yoritish va ular tomonidan huquqiy targ‘ibot faoliyatini amalga oshirish maqsadida media-rejalar ishlab chiqish va ularni ijprosini ta’minlashda ishtirok etish;
Akademiya rahbariyatining muntazam ravishda OAVda chiqishlarini tashkil etishda ishtirok etish;
axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirishda ishtirok etish;
xorijiy OAV va hamkorlar saytlarida yoritish uchun ma’lumotlarni tegishli tarmoqlar bilan hamkorlikda tayyorlash;
Akademiya faoliyati yo‘nalishlarini to‘laqonli yoritish imkonini beradigan videoroliklar, ko‘rsatuvlar, infografika, buklet, broshyura va boshqa media mahsulotlarini konsepsiyasi, ssenariysi va bevosita yaratilishini amalga oshirish.
Akademiya Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i topshiriqlarini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish, qilingan ishlar yuzasidan hisobot berib borish.
Akademiyada talabalari ishtirokidagi mediato‘garak faoliyatiga ko‘maklashish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Mutaxassislikka nomzod jurnalistika yoki huquqshunoslik sohalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.
25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi.
Huquqiy soha axborot xizmatlari sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Videoroliklar tayyorlash, maqolalar va ssenariylar yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
Faoliyat uchun kerakli kompyuter dasturlarida (Word, Power Point, Adobe Premier, Adobe Audition va boshqalar) ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
prokuratura organlarida mutaxassis sifatida jalb qilingan xodim sifatida namunaviy shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lish.
Bajariladigan ish muddati: mazkur ish muddati 6 oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talablar: mas’uliyat va professionalizm, tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
Ish vaqti: soat 09:00 dan 18:00 gacha, 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik (ilmiy daraja) haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR, PINFL ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati – 2024 yil 28 oktyabr (shu kuni ham).
Manzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani Rixsiliy ko‘chasi, 9-uy (mo‘ljal: eski Zenit zavodi).
Dushanba-juma kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha murojaat uchun tel.: 71-202-04-96 (1737); 90-904-30-04.