- maqolada jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni odernizatsiyalash va isloh etishning umumnazariy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy masalalari, mazkur sohalarda amalga oshirilgan ishlarning tizimli tahlili hamda aniq yangi nazariy va amaliy takliflar aks etishi;
- matn takrorlarsiz, mantiqiy izchil, bayon qilingan fikrlar aniq, qisqa va lo'nda bo'lishi;
- keltirilayotgan ma'lumotlar ishonchli va to'g'ri bo'lishi;
- maqolaga jurnalda nashr qilish mumkinligi haqida shu sohadagi yetakchi huquqshunos olim va mutaxassisning, muallif ishlaydigan yoki tadqiqotchi hisoblanadigan oliy o'quv muassasasi kafedrasi yoki instituti rahbari taqrizi;
- matn o'zbek va rus tilida taqdim etilishi;
- matn kompyuterda Wordning "Times New Roman"ida 14 shriftda 1,5 intervalda A4 formatli standart oq qog'ozning bir tomonida yozilishi, elektron nusxada taqdim etilishi hamda matnning chap qismi 3 sm, o'ng qismi 1,5 sm, tepa va pastki qismlari 2 sm bo'lishi;
- maqolada ilmiy bahs-munozara, iqtiboslarning mavjud bo'lishi; iqtiboslar 12 shriftda 1,0 intervalda yozilishi;
- maqolaning hajmi 8 betdan 10 betgacha bo'lishi;
- maqolaning so'nggi sahifasida muallifning ism-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi va lavozimi, yashash va xizmat manzili, telefon raqamlari yozilgan;
- o'zbek, rus va ingliz tilidagi qisqa annotatsiya hamda tayanch so'zlar bo'lishi lozim.