Prokuratura genezisiga bag‘ishlangan monografiya chop etildi

Prokuratura genezisiga bag‘ishlangan monografiya chop etildi

Akademiya professori, yu.f.d. G.R.Malikova tomonidan “O‘zbekiston prokurturasining genezisi” monografiyasi tayyorlanib, chop etildi.
Monografiyada Vatanimiz prokuraturasi tarixini turli rakurslarda yoritib beruvchi yirik hajmdagi dalillar tahlil qilingan. Muallif O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi materillariga tayanib prokuratura tarixiga doir voqealar xronologiyasini 1868–1933 yillar kesimida tadqiq qilgan.
Monografiya maqsadi milliy prokuratura biografiyasida deyarli o‘rganilmagan jarayonlarni tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun muallif milliy prokuraturaning shakllanish tarixini uch asosiy bosqichga ajratdi:

birinchisi, faoliyat yo‘nalishi musulmon huquqida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan, dastlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatini nazorat qilish instituti sifatida tashkil topgan – muhtasiblar (rais) institutining shakllanishi va rivojlanishi;

ikkinchisi, Rossiya imperiyasi Turkistonni istilo qilgandan keyin prokuror va uning yordamchilari lavozimini joriy etish zarurati;

uchinchisi, sho‘rolar davrida prokuratura organlarining tugatilishi va qayta tiklanishi, rivojlanishi masalalari qamrab olingan (1917–1933 yillar).


Mazkur monografiya prokuratura organlarida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchi, doktorant, talabalar va keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.