Bosh prokuratura Аkademiyasi tomonidan Barqaror rivojlanish milliy maqsadlarining “Samarali boshqaruv” yoʼnalishiga oid Аdliya vazirligi masʼul boʼlgan indikatorlar muhokamasiga bagʼishlangan navbatdagi ishchi yigʼilish oʼtkazildi.
Xususan, Barqaror rivojlanish milliy maqsadlarining 5.1.1 (jinsiy belgisi boʼyicha kamsitilishga yoʼl qoʼymaslik toʼgʼrisidagi normalarga ishonchli rioya etilishini taʼminlaydigan huquqiy mexanizmlar mavjudligi), 16.6.2 (davlat xizmatlaridan foydalanishning soʼnggi tajribasidan mamnun boʼlgan aholi ulushi), 16.7.2 (qarorlar qabul qilish jarayonini keng qamrovli va munosabatli (bildiruvchi) deb hisoblaydigan aholining (jinsi, yoshi, nogironlik belgisi va aholi guruhi boʼyicha) ulushi) hamda 16.9.1 (fuqarolik organlarida tugʼilishi roʼyxatga olingan besh yoshgacha boʼlgan bolalarning ulushi, yoshi boʼyicha) indikatorlari koʼrib chiqildi.
Yigʼilish davomida hukumat tomonidan bu yil fevralь oyida qabul qilgan “2030 yilgacha boʼlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan vazirlik xodimlarining fikrlari eshitildi.
BMT-Аyollar tuzilmasi (UN Women), BMT Tarraqqiyot dasturi (UNDP), Bolalar jamgʼarmasi (UNICEF) xodimlari va ekspertlari tomonidan mazkur indikatorlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, jahondagi boshqa mamlakatlar tajribasi va xususiyatlari toʼgʼrisida axborot almashishdi.
Аkademiya masʼullari tomonidan, “Samarali boshqaruv” ekspert guruhining ishchi organi sifatida, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish boʼyicha ishlarni toʼgʼri tashkil etish, koʼrsatkichlar (indikator)larga oid maʼlumotlarni toʼplash metodologiyasi hamda eʼtibor qaratilishi lozim boʼlgan holatlar haqida tushuntirishlar berildi.