Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy fan soati doirasida “Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Fan soati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, i.f.d., professor A.T.Yusupov tomonidan dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash yuzasidan tahliliy ma’ruza qilindi. Ma’ruza savol-javob tarzida davom ettirilib, onlayn va offlayn ishtirok etayotgan tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan, ular oldida dolzarb bo‘lib turgan 50 dan ortiq savollarga kerakli javoblarni olishdi.

Jumladan, hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan: doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish tartibi;  chet elda maqola chiqarish tartibi; dissertatsiya ishining ilmiiy yangiligi va amaliyotga joriy qilinishi va joriy qilinganligi bo‘yicha ma’lumotnoma olish tartibi; dissirtatsiya ishining anti-plagiat dasturida tekshirish hamda tadqiqot ishiga iqtibos keltirish tartibi; bir mavzuda bir necha tadqiqotchi tadqiqot ishi olib borishi mumkinmi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi savollarga mutaxassis tomonidan yetarlicha javob oldilar.

Tadbirda Akademiya bilan bir qatorda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Jamoat xavfsizligi universiteti, IIV Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Bojxona institutining 200 dan ortiq doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari onlayn va offlayn tarzda ishtirok etib, ilmiy tadqiqotlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.