Jamiyat manfaatlariga xizmat qilish davlat xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Fuqarolar davlat organlarining mansabdor shaxslar tomonidan o‘z lavozim va xizmat majburiyatlarini halol, adolatli va xolis bajarilishini kutadi.
Jamoatchilik esa hukumat tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining shaxsiy manfaatdorligi, xususiy manfaatlari va boshqa aloqalari davlat qarorlarini qabul qilish mexanizmiga ta’sir o‘tkazmaydigan, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishga to‘sqinlik qilmaydigan yoki davlat hokimiyati institutlari nufuziga putur yetkazmaydigan shart-sharoitlar ta’minlanishini kutadi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” Qonun korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining asosi bo‘lib, davlat xizmatining halol, shaffof, hisobdor va samarali ta’minlanishining asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.
Normativ hujjat odob-axloqning asosiy prinsiplarini tashkil etuvchi 5 ta asosiy tamoyilni o‘rnatadi.
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq asosiy prinsiplar shundan iboratki, davlat xizmatchilari:
konstitutsiyaviy tamoyillar qonuniylik va fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini qo‘llab-quvvatlashi;
jamoatchilikning davlat xizmatiga, ochiqlik, shaffoflik, xolisonalikka bo‘lgan ishonchini saqlab qolish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga harakat qilishlari kerak.
Qonun hujjati suiiste’molchilik, shaffof bo‘lmagan qarorlar qabul qilish va boshqa korrupsiyaviy amaliyotlar xavf-xatarini keltirib chiqaradigan manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Qonunning maqsadi bunday xavf-xatarlarni boshqarishning aniq qoidalari va mexanizmlarini belgilash, davlat boshqaruvi sifatini oshirishdan iborat.
Shunday qilib, qonun asosi sifatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, suiiste’molchiliklarni ta’qiqlash, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini adekvat boshqarish, davlat xizmatchilarining xabardorligini oshirish, ularni aniqlash, ochiqlash va ruxsat berishning samarali tartib-taomillarini ta’minlash hamda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning samarali usullari haqidagi ma’lumotlarni tarqatishga qaratilgan manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning zamonaviy sisyosati va konsepsiyasi joylashtirilgan.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun qonun quyidagi qoidalarni belgilab beradi:
davlat organlarida xalollik va hisobdorlikni ta’minlashga qaratilgan idoraviy qoidalarni kiritish va bajarish zarurati haqida;
manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelish xavfini aniqlash va sodir bo‘lgan holatlarni bartaraf qilish samarali ta’minlash;
tashqi va ichki hisobdorlikning zarur mexanizmlarini kiritish;
manfaatlar to‘nashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilish uchun davlat xizmatchilarining shaxsiy javobgarligini ta’minlashga qaratilgan tegishli boshqaruv uslublarini, shu jumladan javobgarlikni joriy etish.
Yangi qonunning muhim qoidalari «manfaatlar to‘qnashuvi», «shaxsiy manfaatdorlik», «yaqin qarindoshlar» tushunchalari belgilab berilganligi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni aniqlash va tartibga solish mexanizmlari, tartib-taomillari bilan bog‘liq.
Qonun manfaatlar to‘qnashuvi nima ekanligi aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lib, davlat organi xizmatchisiga o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarish, manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘zida yoki boshqa xodimlarda sodir bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va zudlik bilan xabar berish majburiyatini yuklaydi.
Mazkur Qonun BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) va Yevropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi (GRECO), Jahon bankining davlat xizmatidagi manfaatlar to‘qnashuvini hal etish bo‘yicha qoidalarida belgilangan tavsiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
IHTTning Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-bosqich monitoringining uslubiy tavsiyalariga muvofiq, Qonundagi «manfaatlar to‘qnashuvi» tushunchasi davlat mansabdor shaxslariga, haqiqiy (real) manfaatlar to‘qnashuvi va ehtimoliy (potensial) manfaatlar to‘qnashuvi konsepsiyalariga nisbatan taalluqli.
Qonundagi «shaxsiy manfaatdorlik», «yaqin qarindoshlar» tushunchalari va manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish usullari ro‘yxati IHTT Kengashining Davlat xizmatidagi manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha tavsiyalari (2003), Yevropa Kengashining Davlat xizmatchilari xulq-atvorining namunaviy kodeksi inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
Milliy qonunchilikni xalqaro standartlar va ilg‘or tajriba bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan bunday yondashuv huquqiy vositalarning sifatini, chora-tadbirlarning natijadorligini va samaradorligini oshiradi hamda bu bilan korrupsiyaga qarshi samarali kurashish va davlat institutlariga nisbatan ishonchni mustahkamlashda muhim hisoblanadi.