O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Ofis-registrator markaziga elektron platforma uchun texnik topshiriqni tayyorlaydigan mutaxassis (texnik hujjatlar muallifi) vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish).
Akademiya haqida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-sonli Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda Akademiyada o‘quv jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan mashg‘ulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish, ta’lim oluvchilarni baholash va reytingini shakllantirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadlarda, Akademiyada ta’lim oluvchi talaba, tinglovchi va doktorantlarning reytingini yuritish platformasini tayyorlashga buyurtma berish uchun texnik topshiriq topshiriqni ishlab chiqish lozim.
Shu munosabat bilan Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda Ofis-registrator markaziga elektron platforma uchun texnik topshiriqni tayyorlaydigan (texnik hujjatlar muallifi) mutaxassis jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.
Texnik topshiriqni tayyorlaydigan (texnik hujjatlar muallifi) mutaxassis quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Akademiyada talaba/tinglovchi, shuningdek doktorantlarning (keyingi o‘rinlarda ta’lim oluvchilar) o‘qish va ilmiy faoliyatini tartibga soluvchi barcha normativ hamda ichki hujjatlar bilan bilan tanishib chiqish.
Akademiyada ta’lim oluvchilarlarning o‘qish va ilmiy faoliyat jarayonlarini tanlama asosida bevosita kuzatib borish.
Tasavvurga ega bo‘lish uchun akademiyada ta’lim oluvchilarlarning o‘zlashtirish sifati, ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ishtiroki, davomati, to‘garaklardagi ishtiroki, rasmiy sport musobaqalaridagi ishtiroki, targ‘ibot tadbirlaridagi ishtiroki, teatr, ekskursiya, sayohat safarlari va ma’naviy-madaniy tadbirlardagi ishtiroki, xulq-atvori uchun rag‘batlantirish va intizomiy ta’sir choralarining ko‘rilishi, o‘quv dasturlarida belgilangan majburiy amaliyotdan tashqari huquq-tartibot organlari faoliyatidagi ishtiroki, ko‘magi, ish o‘rganishi kabi tadbirlarni qayd etishlarda bevosita ishtirok etish.
Platformaning asosiy funksiyalari, masalan, baholarni kiritish, reytinglarni hisoblash, hisobotlarni yaratish va ularni vizualizatsiya qilish imkoniyatlarini belgilash.
Platformaning ishlash tezligi, barqarorligi, miqyoslashuvchanligi va server infratuzilmasiga qo‘yiladigan talablarni aniqlash.
Talaba, tinglovchi va doktorantlar, shuningdek mas’ul xodimlar uchun qulay va intuitiv interfeys talablarini belgilash, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash.
Reyting ma’lumotlarini samarali saqlash va boshqarish uchun ma’lumotlar bazasi modelini yaratish, normalizatsiya va optimizatsiyani ta’minlash.
Ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlash uchun autentifikatsiya, avtorizatsiya va shifrlash mexanizmlarini ko‘rsatish.
Platformaning boshqa akademik tizimlar, xususan elektron jurnallar va o‘quv jarayonini boshqarish tizimlari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash.
Platformaning ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash uchun funksional, integratsiya, yuklama va xavfsizlik testlarini o‘tkazish talablarini ko‘rsatish.
Platformani ishlab chiqish, test rejimida ko‘rib chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash uchun grafik jadvalini tayyorlash, har bir bosqichning vazifalari va mas’ul shaxslarini aniqlash.
Loyihani amalga oshirish uchun zarur inson resurslari, texnika, dasturiy ta’minot va moliyaviy talablarni belgilash.
Platformaning foydalanuvchi qo‘llanmalari, texnik hujjatlar, o‘quv materiallari va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash talablarini ko‘rsatish.
Barcha talablar va vazifalarni yagona hujjat shaklida to‘liq va aniq bayon qilish, hujjatning tuzilishi va mazmunini belgilash.
Texnik topshiriqni buyurtmachi bilan muhokama qilish, ularning fikr va takliflarini inobatga olish, hujjatni tasdiqlash.
Loyiha davomida texnik topshiriqqa kiritiladigan o‘zgarishlarni kuzatish, ularni muvofiqlashtirish va hujjatga kiritish.
Texnik topshiriq asosida loyihaning barcha bosqichlarida ishtirok etish, uning maqsadga muvofiqligini ta’minlash, muammolarni hal qilish.
Talaba, tinglovchi, doktorant va o‘qituvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish, ularning platformadan foydalanishdagi muammolarini aniqlash.
Platformaning kelgusidagi o‘zgarishlar va kengaytirishlarga oson moslashishini ta’minlash uchun arxitekturani loyihalash.
Platformaning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun qo‘llab-quvvatlash jarayonlari va yangilanishlar rejasini ishlab chiqish.
Talaba/tinglovchi va doktorantlarning elektron portfoliosining namunasini ishlab chiqish.
Platformaning ishlash ko‘rsatkichlarini kuzatish va tahlil qilish uchun monitoring vositalari va hisobotlar tizimini yaratish.
Platformaning milliy va xalqaro qonunchilik, standartlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash.
Loyiha davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash, ularni baholash va kamaytirish choralarini ishlab chiqish.
Tyutor o‘z faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari, Akademiya lokal hujjatlari hamda ushbu shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Elektron platforma uchun texnik topshiriqni tayyorlaydigan mutaxassis (texnik hujjatlar muallifi) uchun zarur oliy ma’lumotga bo‘lishi.
25 yoshdan kichik, 55 yoshdan katta bo‘lmasligi.
elektron platforma uchun texnik topshiriqni tayyorlash faoliyati yo‘nalishda 4 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq, elektron platforma uchun texnik topshiriqni tayyorlaydigan mutaxassis (texnik hujjatlar muallifi), veb-sayt va platformalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi.
mas’uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.
Elektron platforma uchun texnik topshiriqni tayyorlaydigan mutaxassis (texnik hujjatlar muallifi) vazifasiga ishga qabul qilish Akademiya ichki lokal hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va Akademiya rahbari buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Bajariladigan ish muddati:
Mazkur ish muddati 2 oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.
To‘lov miqdori:
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,
Ish vaqti: Ish vaqti 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati 2024 yil 29 noyabrga qadar.
Tel.: 71-202-04-96 (1932)