Akademiya sun’iy intellekt sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya sun’iy intellekt sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida:

ta’lim oluvchilarda inson huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya qilish madaniyati bilan uyg‘unlashgan yuksak ma’naviy, psixologik, tahliliy va kasbiy sifatlarni rivojlantirishning samarali tizimini joriy etgan holda jinoyatlarni tergov qilish sohasida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan maqsadli bazaviy tayyorlash;

maxsus kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, sud-huquq sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan dasturlar asosida tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

korrupsiyaga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohalarida maxsus o‘quv dasturlari asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

jinoyatlarni tergov qilish metodikasi va taktikasini samarali belgilash asosida jinoyat ishlari bo‘yicha mustaqil ish yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol o‘qitish metodlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish va boshqalar belgilangan.

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassis quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

– Akademiya rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha Akademiyada sun’iy intellekt loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, Akademiya xodimlari va ta’lim oluvchilarda sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha shartnomaga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar-rejasiga muvofiq, quyidagi xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda – “xizmatlar”) ko‘rsatish;

– Akademiyada sun’iy intellektdan foydalanish qamrovini kengaytirish bo‘yicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish, ular bo‘yicha takliflarni Akademiyaning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan muhokama qilish va ma’qullash uchun Akademiya rahbariyatiga kiritish;

– Akademiya xodimlarining sun’iy intellektdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha qisqa muddatli treninglar tashkil qilish;

– Akademiyaning Tezkor-qidiruv faoliyati va kiberhuquq kafedrasi misolida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tahliliy faoliyat yo‘nalishda sun’iy intellekt imkoniyatlarini joriy qilishni tashkil qilish;

– Akademiyada sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy metodik qo‘llanmalar, o‘quv jarayoniga oid taqdimotlar tayyorlash;

– Akademiyada sun’iy intellektdan foydalanish qamrovini kengaytirish bo‘yicha loyihalarini tayyorlash, sun’iy intellekt sohasida milliy va xorijiy muassasalar va ekspertlar bilan hamkorlikni tashkil qilish bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Sun’iy intellekt sohasida tegishli hujjat (sertifikat);

Sun’iy intellekt sohasida kamida ikki yillik ish tajribasi;

O‘zbek, ingliz, rus tillarini yaxshi bilish.

Mazkur ish muddati 2 (ikki) oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,

Ish vaqti: Ish vaqti 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati 2025-yil 1-fevralga qadar.

tel: 71202-04-96 (1913)