2025-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Raqamli transformatsiya davrida huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi zamonaviy chaqiriqlar va tahdidlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ikkinchi kuni doirasida Samarqand shahrida “Kiberjinoyatlarni tergov qilishning dolzarb masalalari va ilg‘or tajriba” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Markaziy bank, shuningdek YEXHT, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, AQSH Adliya vazirligi huzuridagi giyohvand moddalarga qarshi kurash federal agentligi, Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitalari, Ispaniya Qirolligi Fuqarolik gvardiyasi, Koreya Respublikasi prokuraturasi, Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Belarus Respublikasi Sud ekspertizasi davlat qo‘mitasi, BOOKing.com kompaniyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbati kun tartibida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
Ikki kun davom etgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarga ilg‘or tajriba va fikrlar almashish, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini yaratdi. Bu, o‘z navbatida, kiberjinoyatlarni samarali tergov qilish borasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston tajribasi, xususan Akademiya huzuridagi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati xalqaro hamkorlar tomonidan katta qiziqish va e’tirofga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi qonuniylik va raqamli xavfsizlikni ta’minlash sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, professional muloqot muhitini shakllantirish va jahon miqyosidagi ekspertlik platformasini mustahkamlash an’anasini davom ettiradi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha xalqaro konferensiya materiallari to‘plami nashr etiladi.