O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Akademiya faoliyatida loyihaviy boshqaruv tizimi joriy etilgan bo‘lib, ayni vaqtda “Road safety” xalqaro loyihacini amalga oshirish doirasida shartnoma asosida loyiha koordinatori vazifasiga mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb etish zarurati mavjud.
Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.
Loyiha koordinatori quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
Loyiha rejasini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish;
loyiha ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
loyiha hujjatlari va hisobotlarini yuritish;
muddat, resurslar va ish sifati ustidan doimiy monitoring olib borish;
loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish yo‘llarini ko‘rish;
amalga oishirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda hisobot tayyorlash va taqdim etish;
ishchi uchrashuvlar, yig‘ilishlar va onlayn sessiyalarni tashkil etish va o‘tkazish;
loyiha ishtirokchilari va hamkorlari bilan samarali aloqa o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash; xalqaro standartlar, moliyalashtiruvchi tashkilot talablari va huquqiy me’yorlarga rioya etilishini nazorat qilish;
loyiha natijalari bo‘yicha axborot va tahliliy materiallar tayyorlash;
loyihaning samaradorligini monitoring qilish va baholashda ishtirok etish;
loyiha faoliyatini ommaga yetkazish maqsadida Akademiya jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bilan kelishilgan holda tadbirlar (press-konferensiya, taqdimot, va h.k.) tashkil etish va press-reliz, axborot va intervyular tayyorlash va Akademiya jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga yetkazish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Oliy ma’lumot (xalqaro munosabatlar, boshqaruv, huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar yoki tegishli sohalar bo‘yicha);
Xalqaro loyihalarda ish tajribasi (kamida 3-yil);
Loyiha boshqaruvi sohasida bilim va ko‘nikmalar (loyiha rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring va baholash, tahlil qilish);
O‘zbek, rus va ingliz tilini mukammal bilish (yozishma va og‘zaki muloqot darajasida, C1 yoki yuqori), boshqa xorijiy tillar bilishi afzallik hisoblanadi;
Axborot texnologiyalaridan erkin foydalanish (MS Office, elektron pochta, onlayn platformalar, hisobot tayyorlash, Excel jadvallari);
Kuchli tashkilotchilik qobiliyati, bir necha vazifalarni bir vaqtda muvofiqlashtirish va jamoaviy ishni tashkil etish ko‘nikmalari;
Yozma va og‘zaki muloqot qilish mahorati, mantiqiy va aniq fikr yuritish, hisobot va xizmat maktublari tayyorlashda tajriba;
Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati;
Madaniyatlararo muloqotga tayyorlik va turli millat vakillari bilan samarali hamkorlik qilish ko‘nikmasi;
Jamoa bilan ishlash tajribasi, shaxsiy va professional intizomga rioya qilish.
Qo‘shimcha shartlar: Ish muddati – 6 (olti) oy.
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi asosida belgilanadi.
Ish vaqti – haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat (40 soatlik ish rejim).
Ish joyi – Akademiya binosida.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki ID kartasi), obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 23-iyulga qadar.
tel: 71 202-04-96 (1774)