2020 yil 5-6 mart kunlari Akademiyada “Elektron dalillarni olishda o'zaro huquqiy yordam va kiberjinoyatlarni transmilliy tergov qilish” mavzusida Markaziy Osiyo mamlakatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun mintaqaviy seminar-trening o'tkazildi.
Tadbir BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan CASC tarmog'i tashabbusi doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Seminar-treningda 24 nafar Qirg'iziston va O'zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari, shuningdek Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda IIV Akademiyasi professor qituvchilari tahsil oldilar.
Trenerlar sifatida xalqaro ekspertlar – Portugaliya Bosh prokuraturasi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi prokurori va koordinatori Pedro Verdel`o, Ruminiya Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik bilan bog'liq ishlarni tergov qilish boshqarmasi katta prokurori Aleks Florin, shuningdek Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha Facebook ishonch va xavfsizlik bo'limi rahbari Vikram Landex ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilari seminar davomida o'zlashtirgan yangi bilimlarini qo'llagan holda amaliy topshiriqlarni bajardilar va tadbir bo'yicha atroflicha fikr almashdilar.
Rejalashtirish, tayyorgarlik, jinoyat joyini ko'zdan kechirish, raqamli dalillarni saqlash, jumladan ma'lumotlarni (Facebook, Instagram) saqlanishi bo'yicha so'rovlar rasmiylashtirish, shuningdek o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish kabi tezkor ta'sir choralarining to'laqonli qamrovi ta'minlangani tadbirning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.