O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI AKADEMIYASI QABUL E'LON QILADI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI AKADEMIYASI QABUL E'LON QILADI

“12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati.  Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura”,  “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” hamda “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosliklari bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul e'lon qiladi

I. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar qabul qilinadi:

magistr yoki oliy ma'lumot to'g'risidagi (ixtisoslik bo'yicha) diplomga ega bo'lganlar;

belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo'lganlar (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo'nalishlar bo'yicha ikkitadan kam bo'lmagan ilmiy ishlar to'plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislari);

kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega bo'lganlar.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Akademiya boshlig'i nomiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;

talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;

oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar ro'yxati va ularning nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

II. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so'ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo'lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo'nalishlar bo'yicha ilmiy ishlar to'plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo'lish.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Akademiya boshlig'i nomiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;

talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar ro'yxati va ularning nusxasi;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

Eslatma: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyul 606-sonli qarori bilan talabgorlar OTM yoki ITM rahbarining har chorakda 5 mart, 5 iyun, 5 sentyabr va 5 dekabrgacha e'lon qilinadigan buyrug'i bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilishi belgilandi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo'yicha suhbat natijalari va OTM va ITM qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo'yicha amalga oshiriladi.