1. Jinoyat protsessida xolis instituti va uning istiqbollari.

2. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratining o'rniva uni yanada keng joriy etish istiqbollari.

3. Jinoyat ishlarini soddalashtirilgan tartibda yuritish: joriy holat va rivojlantirish istiqbollari.

4. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishga oid normalar mazmuni va zarurati.

5. Jinoyat protsessida taraflarning o'zaro tortishuv tamoyili: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

6. Advokatura instituti va advokatlar huquqlari kafolatlarini takomillashtirish masalalari.

7. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda tezkor-qidiruv faoliyatining o'rni va zaruriyati: bugungi kundagi holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

8. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda xususiy sektor bilan hamkorlik va xususiy sektorning bu boradagi mas'uliyatini oshirish masalalari: joriy holat va uni yangi bosqichga ko'tarish 
istiqbollari.

9. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda anonim murojaatlarni ko'rib chiqishni joriy etishning ijobiy va salbiy tomonlari.

10. Turar joylarni ko'zdan kechirish tezkor-qidiruv tadbirini o'tkazishda fuqarolarning uy-joy daxlsizligi huquqlariga rioya qilinishini ta'minlash: amaldagi holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

11. Kiberjinoyat bilan bog'liq jinoyat turlarining kengayganligini hisobga olgan holda axborot texnologiyalari sohasida javobgarlik va uni takomillashtirish istiqbollari.

12. Tergovga qadar tekshiruv institutini takomillashtirishning dolzarb masalalari.

13. Jinoyat protsessining mustaqil bosqichi sifatida surishtiruv: joriy holat va ushbu tizimni takomillashtirish istiqbollari.

14. Jinoyat protsessida shaxs huquq va erkinliklarini ta'minlashda Xabeas korpus institutining ahamiyati va uni takomillashtirish masalalari.

15. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritishning o'ziga xos xususiyatlari va ular huquqlari kafolatlarini ta'minlashning dolzarb masalalari.

16. Jinoyat protsessida protsessual majburlov choralarini qo'llashning ahamiyati va ularning samaradorligini oshirish masalalari.

17. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash masalalari: joriy holat va takomillashtirish istiqbollari.

18. Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish: joriy holat va takomillashtirish istiqbollari.

19. Jinoyat protsessida himoyaga bo'lgan huquqni ta'minlash: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

20. Jinoyat protsessida yarashuv institutini qo'llash ahamiyati, tartibi va uni takomillashtirish masalalari.

21. Jinoyat protsessida amnistiya aktini qo'llash ahamiyati, tartibi va uni takomillashtirish masalalari.

22. Jinoyat ishlarini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash istiqbollari.

23. Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilik ishtirokining ahamiyati va samaradorligini oshirish masalalari.

24. Jinoyat ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikning ahamiyati va istiqbollari.

25. Haqiqatni aniqlash printsipini amalga oshirishda isbot qilish institutining ahamiyati va istiqbollari.

26. Jazo tayinlashda inson omilini kamaytirishga oid qoidalarni takomillashtirish: muammo va uning yechimlari.

27. O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida jazo tizimi: bugungi holati va uni takomillashtirish istiqbollari.

28. Jinoyat kodeksining amal qilish doirasi muammolari va ularni bartaraf etish istiqbollari.

29. Jinoyat qonunchiligida sudlanganlik instituti:

30. O'zbekiston jinoyat qonunchiligida belgilangan jazodan ham yengilroq jazo tayinlashga oid qoidalar zarurati va ularni takomillashtirish istiqbollari.

31. Jinoyat qonunchiligida ayollar uchun imtiyozli normalarning fuqarolarning qonun oldida tengligi printsipiga nisbatan o'zaro nisbati.

32. Jinoyat qonunchiligi ayrim normalarini dekriminalizatsiya qilish va ayrim ijtimoiy munosabatlarni kriminalizatsiya qilish istiqbollari.

33. Hokimiyatlar bo'linishi tizimida prokuratura organlarining o'rni va bu boradagi qarashlar. Sizningcha, O'zbekistonda prokuratura organlari qaysi hokimiyat tizimiga kiradi?

34. Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazorati: mavjud vaziyat va uni rivojlantirish istiqbollari.

35. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun kasb etikasi qoidalari: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

36. Jinoyat qonunchiligida adolat va qonuniylik prinsiplarining o'zaro mutanosibligi.

37. Qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat instituti va uning o'ziga xos xususiyatlari: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

38. Qonun ustuvorligini ta'minlashda sud`yalar mustaqilligining o'rni va ahamiyati: bugungi holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

39. Sud tizimi mustaqilligini ta'minlash masalalari: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari.

40. Sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari.

41. Odil sudlovni amalga oshirishda elektron ish yurituvining o'rni va uni keng joriy etish istiqbollari.

42. Mamlakatda qonun ustuvorligini ta'minlashda prokuratura organlarining o'rni va ahamiyati: amaldagi holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

43. Prokuror faoliyatida tizimli tahlilning o'rni va uni takomillashtirish istiqbollari.

44. Fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazorati predmeti, prokurorning bu sohadagi vakolatlari: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

45. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarining maqomi hamda ularning davlat va jamiyat hayotidagi o'rni: bugungi kundagi holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

46. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish va hal qilish ahvoli hamda bu mexanizmlarni yanada takomillashtirish istiqbollari.

47. Prokuratura organlarining qonun ijodkorligi faoliyati: mavjud muammolar va faoliyatni takomillashtirish istiqbollari.

48. Qonunchilik tashabbusi huquqi sub'ektlari va bu tizimda prokuratura organlarining roli: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

49. Prokuratura organlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi ishtiroki: mavjud muammolar va faoliyatni takomillashtirish istiqbollari.

50. Prokuratura organlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalari va uni yanada mustahkamlash masalalari: mavjud muammolar va faoliyatni takomillashtirish istiqbollari.

51. Prokurorning qonun ijodkorligi faoliyatida huquqiy prognozning o'rni va ahamiyati.

52. Prokuratura organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining o'rni va ahamiyati.

53. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi masalalari.

54 Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida jamoatchilik bilan aloqalarni o'rnatishning ahamiyati: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

55. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati: mavjud vaziyat va sohani takomillashtirish istiqbollari.

56. Ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati: joriy holat va uni yanada takomillashtirish masalalari.

57. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

58. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida axborot xavfsizligi va unga rioya qilishning ahamiyati: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

59. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning parlament oldida hisobdorligi.

60. Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

61. Korruptsiyaga oid jinoyatlar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

62. Aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy ta'minot sohalarida korruptsiya va unga qarshi kurashish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

63. Sport sohasida korruptsiya va unga qarshi kurashish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

64. Davlat xaridlarini amalga oshirish tizimida korruptsiya va unga qarshi kurashish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

65. Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish tizimida korrupsiya va unga qarshi kurashish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

66. Mahalliy ijro hokimiyati organlarida korruptsiya va unga qarshi kurashish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

67. Ta'lim tizimida korruptsiya va uni oldini olish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

68. Kapital qurilish sohasida korruptsiya va unga qarshi kurashish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

69. Sog'liqni saqlash tizimida korrupsiya va unga qarshi kurashish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

70. Korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'rni va ushbu texnologiyalarni yanada keng qo'llash istiqbollari.

71. Korruptsiyani oldini olishda manfaatlar to'qnashuvi: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

72. Korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik masalalariva uning ahamiyati: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

73. Korruptsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining o'rni va ahamiyati: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

74. Xususiy sektorda korruptsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishini oldini olish masalalari: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

75. Korrupsiyaga qarshi kurashishda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi va O'zbekiston sharoitida ularni qo'llash masalalari.

76. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida prokuratura organlarining vazifalari: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

77. Davlat xizmatiga tanlov asosida ishga kirish tizimi: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

78. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xalqaro reytinglar va ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi o'rni.

79. Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

80. Yakka tartibdagi tadbirkor va uning xodimlari o'rtasidagi mehnat munosabatlarining o'ziga xos xususiyatlari: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

81. Tadbirkorlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik: yangiliklar, amaliyotdagi muammolar va uni takomillashtirish masalalari.

82. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatining asosiy yo'nalishlari, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi ijobiy va salbiy tomonlari hamda ular faoliyatini takomillashtirish istiqbollari.

83. Faoliyat ko'rsatmayotgan, foydalanilmasdan turgan ob'ektlar va yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

84. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va xabardor etishning amaldagi tartibi va uni takomillashtirish istiqbollari.

85. Tadbirkorlik sub'ektlarini ixtiyoriy va majburiy tugatish tartibidagi yangiliklar va ularning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi ahamiyati.

86. Noqonuniy tadbirkorlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, amaliyotdagi muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

87. Xususiy mulkni himoya qilishning dolzarb masalalari va bu borada prokuratura organlari oldidagi vazifalar: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

88. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari huquqlari kafolatlari: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

89. Fuqarolik-huquqiy nizolarni sudgacha hal etish instituti va uni takomillashtirish masalalari.

90. Bepul huquqiy yordam ko'rsatish tizimining zarurati va ahamiyati: bugungi holat va uni yanada takomillashtirish masalalari.

91. Sud orqali himoyalanish huquqining kafolatlari: amaldagi qonunchilik va uni takomillashtirish masalalari.

92. Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

93. Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan so'nggi islohotlarning asosiy yo'nalishlari, hozirgi holati va istiqboldagi vazifalar.

94. O'zbekistonda investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari va investitsiyalar jalb etishga to'siq bo'lishi mumkin bo'lgan omillarni bartaraf etish masalalari.

95. Davlat byudjeti shaffofligini ta'minlashning huquqiy asoslari va bu jarayonda jamoatchilik nazorati.

96. Jazoni ijro etish muassasalari faoliyati ustidan parlament nazorati: amaldagi holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

97. Jazoni ijro etish muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

98. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

99. Shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish masalalari: amaldagi holat va uni bartaraf etish istiqbollari.

100. Mahkumlarning huquqlari doirasini kengaytirish: mavjud holat, xorijiy tajriba va uni qo'llashning ahamiyati.

101. Sud hujjatlarini ijro etish mexanizmlari: mavjud holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

102. Ma'muriy jarimalarni undirishga oid mexanizmlar: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

103. Ijro ishini yuritishda mediatsiya institutini qo'llash masalalari va uning ahamiyati.

104. Mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlar va ularni O'zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalari.

105. Mahkumlarni axloqan tuzatish bilan bog'liq mexanizmlar va ularni takomillashtirish istiqbollari.

106. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni ish bilan ta'minlashda davlat-xususiy sheriklik tizimining ahamiyati va uni kengaytirish istiqbollari.

107. Jazoni ijro etish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning o'rni: mavjud holat va ushbu texnologiyalarni keng joriy etish istiqbollari.

108. Mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnomalar: o'xshash va farqli jihatlari.

109. O'zbekistonda majburiy mehnatni taqiqlash: amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar va istiqboldagi vazifalar.

110. Mehnat munosabatlarida ayollar va erkaklarning teng huquqliligi: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

111. Mehnat qonunchiligida xodimni huquqiy himoya qilishga qaratilgan normalar hamda ularning zarurati va ahamiyati.

112. O'zbekistonda aholi bandligini ta'minlash: amaldagi qonunchilik, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

113. O'zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari.

114. Voyaga yetmaganlarning mehnat bilan bandligi: uning ijobiy va salbiy tomonlari tahlili hamda sohani takomillashtirish istiqbollari.

115. Mehnat munosabatlarida masofaviy ishning o'rni va uni O'zbekiston sharoitida tatbiq etishning ijobiy va salbiy jihatlari tahlili.

116. Mehnat munosabatlarida tomonlar xarajatlarini optimallashtirish va ish unumdorligini oshirishning zamonaviy ko'rinishlari va ularni O'zbekiston sharoitida tatbiq etish istiqbollari.

117. Xususiy bandlik agentliklari: ijobiy tomonlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari.

118. Oila qonunchiligiga nikoh yoshi bilan bog'liq kiritilgan so'nggi o'zgartishlar: ularning ahamiyati va amaliyotda tatbiq etishda yuzaga keladigan masalalar.

119. O'zbekistonda vasiylik va homiylik instituti hamda uni takomillashtirish istiqbollari.

120. Gender tengligini ta'minlash masalalari: hozirgi holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

121. Konstitutsiyaviy nazorat va uning davlat hamda jamoat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'rni va ahamiyati.

122. Davlat boshqaruvi tizimida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari institutining o'rni va ahamiyati.

123. Konstitutsiyada saylov huquqining mustahkamlanishi demokratiyani amalga oshirish mexanizmi sifatida. Bu boradagi milliy va xorijiy tajriba.

124. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o'rtasidagi munosabatlar balansi: muammo va yechimlar.

125. Davlat suverenitetining konstitutsiyaviy belgilari. Davlat suverenitetini ta'minlash muammolari va ularning siyosiy-huquqiy yechimi.

126. Davlat va jamiyat hayotida Konstitutsiyaning roli va ahamiyati. O'zbekiston Konstitutsiyasini yanada takomillashtirish istiqbollari.

127. Davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida parlamentning tutgan o'rni. Parlamentning boshqa davlat organlari bilan o'zaro munosabatlari: muammo va yechimlar.

128. O'zbekiston Respublikasi xalqaro-huquqiy munosabatlarning to'laqonli subekti sifatida.

129. Inson va fuqarolarning huquq va burchlari amalga oshishida Konstitutsiya va qonunlar ustunligi printsipi: mavjud muammo va yechimlar.

130. O'zbekiston iqtisodiyoti asoslari. Iqtisodiyotni rivojlantirishda Konstitutsiya va qonunlarning o'rni va roli.

131. Konstitutsiyada oila instituti. Oilaning davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari.

132. Davlat va jamiyat rivojlanishida siyosiy partiyalarning o'rni va roli: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari.

133. Huquqiy davlat va uning belgilari. Konstitutsiya va qonunlar – davlatning huquqiyligini ta'minlash garovi sifatida.

134. Davlat boshqaruvi tizimida davlat organlari o'rtasidagi o'zaro tiyib turish mexanizmi: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari.

135. Davlat-xususiy sheriklik: O'zbekistonda bugungi kundagi holat va ushbu institutni yanada takomillashtirish istiqbollari.

136. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi printsipini ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roli: mavjud holat va uni takomillashtirish istiqbollari

138. Sudyalar korpusini shakllantirishga oid qonunchilik va uni takomillashtirish masalalari.139. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik: joriy holat 
va istiqbollari.

140. Parlament nazorati instituti: joriy holati, takomillashtirish yo'llari va istiqbollari.

141. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakolatlarini fuqarolik jamiyati institutlariga o'tkazish istiqbollari.

142. Hokimiyatning vakillik organi sifatida xalq deputatlari hududiy Kengashlar: joriy holat va ular faoliyatini takomillashtirish masalalari.

143. Shaxsning bir joydan ikkinchi joyga ko'chish huquqi va bu boradagi cheklovlarni bartaraf etish masalalari.

144. Sudda fuqarolik ishlarining ko'rilishida prokuror ishtirokining zarurati va istiqbollari.

145. Fuqarolik ishlarini sudda ko'rishning soddalashtirilgan tartibi va uni joriy etish istiqbollari.

146. Fuqarolik protsessida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo'yicha milliy amaliyot va xorijiy tajriba.

147. Fuqarolik ishlarini sudda ko'rilishida axborot kommunikatsiya texnologiyalarni qo'llashning zarurati va istiqbollari.

148. Fuqarolik ishlari bo'yicha elektron dalillar va ularni qo'llash xususiyatlari.

149. Fuqarolik-huquqiy nizolarni muqobil (al`ternativ) hal etishning asosiy yo'nalishlari.

150. Fuqarolik protsessida kelishuv bitimi: ahamiyati va uni takomillashtirish masalalari.

151. Fuqarolik ishlarini nazorat tartibida qayta ko'rish bosqichini takomillashtirish masalalari.

152. Xalqaro shartnomaning O'zbekiston Respublikasi huquq tizimida amal qilishi.

153. Individlarning xalqaro huquq sub'ekti bo'lishi muammolari.

154. Xalqaro huquqda ekstraditsiya instituti va uning rivojlanish bosqichlari.

155. Odam savdosiga qarshi kurashda xalqaro huquqiy hamkorlik masalalari: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

156. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

157. Jinoyat ishlari bo'yicha xalqaro huquqiy yordam ko'rsatish uchun asosiy talablar va ularni takomillashtirish istiqbollari.

158. Korruptsiya va jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashning xalqaro-huquqiy asoslari.

159. 1993 yildagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to'g'risidagi Konvensiya (Minsk konvensiyasi) normalari tahlili.

160. 2002 yildagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam to'g'risidagi Konvensiya (Kishinyov konventsiyasi) normalari tahlili.

161. Xalqaro jinoyat sudi hamda BMT Xalqaro sudi yurisdiktsiyasini qiyosiy tahlil qiling.

162. Inson huquqlarini ta'minlash va himoya qilishning xalqaro mexanizmlariga tavsif bering. Xalqaro huquqda inson huquqlarining rivojlanishida ularning roli qanday?

163. Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish tartibi: amaldagi qonunchilik, amaliyot va ularni takomillashtirish istiqbollari.

164. Ayblanuvchining asosiy huquq va erkinliklarini xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari hamda normalari asosida tahlil qiling.

165. Odil sudlovga bo'lgan huquqni himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlari.

166. Jinoyat sud ishlarini yuritishda xalqaro hamkorlikning xalqaro-huquqiy asoslari: joriy holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

167. Xalqaro shartnoma – jinoyat sud ishlarini yuritishda huquqiy yordam ko'rsatish uchun asos bo'luvchi jinoyat-protsessual huquqi manbasi sifatida.

168. Jinoyat-protsessual huquqi institutlari tizimida ekstraditsiyaning mohiyati va tutgan o'rni: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari.

169. Bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro-huquqiy standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiyasi.

170. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikning zamonaviy tendentsiyalari.

171. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof ravishda muomalada bo'lishi: zamonaviy tahdidlar va xavf-xatarlar.

172. Giyohvandlik vositalarining qonunga xilof ravishda muomalada bo'lishiga qarshi kurashishda xalqaro tuzilmalar roli hamda xalqaro hamkorlik masalalari.

173. O'zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurashish: huquqiy va institutsional mexanizmlarning takomillashtirilishi.

174. Odam savdosiga qarshi kurashishda zamonaviy yondashuvlar.

175. Kiberjinoyatchilik global jinoiy tahdid sifatida: zamonaviy dunyo tendentsiyalari.

176. Terrorizmga qarshi kurashish: zamonaviy sharoitdagi shakllari hamda rivojlanish dinamikasi.

177. O'zbekiston Respublikasida terrorizmni moliyalashtirishga qarshi yo'naltirilgan faoliyat: hozirgi holat va uni takomillashtirish masalalari.

178. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi milliy tizim: hozirgi holat va uni takomillashtirish istiqbollari.

179. O'zbekiston Respublikasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning dolzarb muammolari va ularni hal etish yo'llari.

180. O'zbekiston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi: hozirgi holat va takomillashtirish masalalari.

181. Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi: joriy holat va uni takomillashtirish masalalari.

182. Transmiliy jinoyatchilikning umumiy tavsifi va unga qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xalqaro hamkorligini takomillashtirish masalalari.

183. Jamoatchilikning sud protsessida ishtirok etishi va xalq hakamlar hay'ati institutini (sud prisyajnix) joriy etish masalalari.

184. O'zbekiston Respublikasida evtanaziyani joriy etishning huquqiy masalalari.

185. O'zbekiston Respublikasi tergov organlari faoliyatining institutsional asoslari va rivojlanish tendensiyalari.