Mustaqil izlanuvchilikka qabul haqida e'lon

Mustaqil izlanuvchilikka qabul haqida e'lon

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi yuridik fanlar ixtisosliklari bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul e'lon qiladi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar 2021 yil 15 avgustga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markaziga 2021 yilning 15 avgustiga qadar barcha zaruriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.

Qabul shartlari haqida batafsil ma'lumot uchun

 

QАBUL SHАRTLАRI

 

  1. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilarga ega boʼlganlar qabul qilinadi:

 

magistr yoki oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi (ixtisoslik boʼyicha) diplomga ega boʼlganlar;

dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qiluvchi ilmiy maqolalarga ega boʼlganlar (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʼnalishlar boʼyicha ikkitadan kam boʼlmagan ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan maʼruza tezislari).

 

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasiga Yagona elektron tizim orqali murojaat qiladi:

qisqacha biografik maʼlumotnoma;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar roʼyxati va ularning nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

 

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishda dissertatsiya himoyasiga qadar izlanuvchilar:

ixtisoslik hamda chet tili boʼyicha malakaviy imtihon topshirishi;

dissertatsiya boʼyicha umumiy soni 7 tadan kam boʼlmagan ilmiy ish eʼlon qilishi, xususan:

- ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) OАK Roʼyxatiga kiritilgan nashrlarda chop etilishi;

- dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferentsiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, maʼruza yoki maʼruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari toʼplamida eʼlon qilingan boʼlishi ShАRT.

Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim institutlarida oʼqish uch yilgacha davom etadi.

 

  1. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

 

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajaga ega boʼlganlar;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan soʼng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qiluvchi ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish.

 

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasiga Yagona elektron tizim orqali murojaat qiladi:

qisqacha biografik maʼlumotnoma;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar roʼyxati va ularning nusxasi;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

 

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoya qilishgacha izlanuvchilar:

dissertatsiya boʼyicha umumiy soni 15 tadan kam boʼlmagan ilmiy ish eʼlon qilishi, xususan:

- ulardan 10 ta maqola OАK Roʼyxatiga kiritilgan ilmiy nashrlarda, 1 tasi tegishli fan tarmogʼi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida eʼlon qilingan boʼlishi;

- dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferentsiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, maʼruza yoki maʼruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari toʼplamida eʼlon qilingan boʼlishi;

- ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari boʼyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilinishi SHАRT.