Tahririy-nashriyot boʼlimi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Tahririy-nashriyot boʼlimi

“Et docere et discere servitute legis”

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Akademiya “Axborotnoma”si hamda “O‘zbekiston tergovchisi” ilmiy-amaliy yuridik jurnaliga maqolalar to‘plash, taqrizdan o‘tkazilishini ta’minlash, saralash va nashrga tayyorlash;

Akademiyaning Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan, mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obunasini ta’minlash;

Akademiya faoliyati uchun zarur xalqaro va milliy kutubxona fondlari (ma’lumotlar bazalari), dasturiy mahsulotlar va huquqiy-axborot tizimlariga ulash hamda ulardan doimiy foydalanishni ta’minlash;

Xorijiy tajriba va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan, xalqaro va milliy kutubxona fondlari, huquqiy-ma’lumotlar tizimining dasturiy mahsulotlarini (ma’lumotlar bazasini) xarid qilish va kelgusida yangilab borish choralarini ko‘rish;

Akademiya buyurtmasiga binoan Akademiyaning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qo‘shimcha vositalar bilan jihozlash;

Akademiya tipografiyasini boshqarish va uni ilmiy-tadqiqot natijalari, broshyuralar, darsliklar, bukletlar va boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha takliflar kiritib borish.

Nazarov Farxodjon Abduvaxoboviç

  Bölüm boşliğı.