Xalqaro hamkorlik boʼlimi

Xalqaro hamkorlik boʼlimi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyatining asosiy maqsadi – Akademiya bilan xorijiy davlatlarning ta’lim, tadqiqot va tahlil markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish hisoblanadi.

 

Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

yetakchi xorijiy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hamkorlik bo‘yicha memorandumlar va kelishuvlarni tayyorlash va imzolash, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish;

ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibining yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishini muntazam tashkil etish, shuningdek xalqaro va boshqa xorijiy tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash;

Akademiya tinglovchilari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilari uchun xorijiy hamkorlar bilan birgalikda akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish;

o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish;

xorijiy hamkorlar bilan birgalikda o‘quv kurslarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilg‘or pedagogik tajriba almashishni tashkil etishga ko‘maklashish.

 

Bo‘limining xodimlari

 

Akbutayev Abror Abduraxmanovich

Shakirov

  

Bo‘lim boshlig‘i, adliya maslahatchisi.

“Korrupsiya oqibatida orttirilgan aktivlarni boshqarishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda.

E-mail: akbutaev.a@proacademy.uz

Тел: +71 202 04 96 (1750)

“El-yurt umidi” jamg‘armasi malaka oshirish dasturi bo‘yicha tanlov g‘olibi;

“O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

 

Turdiyev Bobir Sobirovich

Shakirov

  

Bo‘limi katta prokurori.

 E-mail: b.s.turdiyev@proacademy.uz

Тел: +71 202 04 96 (1918)

“El-yurt umidi” jamg‘armasi malaka oshirish dasturi bo‘yicha tanlov g‘olibi.