Sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash kafedrasi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash kafedrasi

“Et docere et discere servitute legis”

Sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash kafedrasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5438-son Farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining tarkibiy tarmog'i hisoblanadi.

Kafedra o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining “Prokuratura to'g'risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o'tash to'g'risidagi Nizom, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5438-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 31 maydagi  190-son buyrug'i bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining Ustavi, Bosh prokuraturaning hay'ati qarorlari, Bosh prokuror va Akademiya boshlig'i buyruqlari asosida amalga oshirib keladi.

Kafedrada bugungi kunda 6 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda, ularning bir nafari kafedra dotsenti, bir nafari fan nomzodi, 3 nafari mustaqil izlanuvchilar.

 Kafedraning asosiy vazifalari:

  • jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy hamda ma'muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishlarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirib borishni ta'minlaydi;
  • sudlarda ishlarni ko'rilishida yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirishda ishtirok etadi va yo'nalishlar bo'yicha sud-prokuror amaliyotini tahlil qilib boradi;
  • prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta'minlash, fundamental, amaliy tadqiqotlar o'tkazish ishlarida ishtirok etadi, amaliyotda mavjud muammolarni tahlil etib, ilmiy anjumanlar, seminar, konferentsiyalar muhokamasiga kiritib boradi;
  • kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirib borish ishlarida idoralaro va muassasaviy hamkorlikni ta'minlab boradi.

Yuqorida qayd etilgan asosiy vazifalar doirasidan kelib chiqib, kafedra tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda:

Barcha sud yo'nalishlari bo'yicha muntazam ravishda malaka oshirish o'quv kurslari tashkil etilib o'tkazilmoqda.

Bundan tashqari, rahbar kadrlarni qayta tayyorlash, yosh mutaxassislarning malakasini oshirish, Akademiya magistraturasida o'qitish jarayonlarida ham faol ishtirok etilmoqda.

Xodimlarni o'qitishda asosiy e'tibor amaliyotga yo'naltirilib, muammoli vaziyatlarni hal qilishda qonun hujjatlarini to'g'ri qo'llay olish hamda o'z fikrini yozma va og'zaki asoslay olish masalalariga qaratilmoqda.

Kafedra prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik ta'minlash ishlarida ham faol ishtirok etib, quyidagilarni amalga oshirdi:

  • Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash faoliyati bo'yicha uslubiy qo'llanma (2019 yilning 28 iyu` kuni BP hay'atida muhokama etilib ma'qullangan D.S.Dovudova);
  • Ma'muriy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslari mavzusida o'quv-amaliy qo'llanma (2019 yilning 28 iyun kuni Ilmiy kengashda muhokama etilgan E.T.Xojiev, SH.I.Shayzakov);
  • Prokurorning jinoiy sud protsessidagi ishtiroki 2 qismdan iborat videorolik (1-qism sud protsessidagi sud xatolari yuzasidan va 2-qism sudda prokuror ishtiroki qanday bo'lishi kerak) tayyorlangan;
  • Konkret toifadagi jinoyat ishlari bo'yicha prokurorlarning namunaviy nutqlari To'plami;
  • Nizolarni hal etishda fuqarolik huquq normalarini qo'llashning ayrim dolzarb masalalari Praktikumi (S.B.Xolbaev);
  • Sudlar tomonidan jinoiy jazolarni tayinlash hamda jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning ayrim dolzarb masalalari Praktikumi;
  • Jinoyat sud protsessida prokuror nutqi. Prokurorning notiqlik san'ati o'quv-amaliy qo'llanma (M.Z.Radjapova);
  • Ma'muriy, fuqarolik va iqtisodiy sud protsesslarida prokuror ishtirokining protsessual-huquqiy asoslari o'quv-amaliy qo'llanma (M.Z.Radjapova).