Dastlabki tergov va surishtiruv kafedrasi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Dastlabki tergov va surishtiruv kafedrasi

“Et docere et discere servitute legis”

Boʻlim haqida maʼlumot

Boʻlim boshligʻi:
Xikmatov Aziz Bobonarovich

Qabul vaqti: Dushanba – Juma (09:00 – 17:00)

Email: a.b.xikmatov@proacademy.uz

Telefon: +998712020496

Boʻlimning asosiy vazifalari

DASTLABKI TЕRGOV VA SURISHTIRUV KAFЕDRASI

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Dastlabki tergov va surishtiruv kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi PF¬–57-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. 
Dastlabki tergov va surishtiruv kafedrasi tergov faoliyatiga ixtisoslashtirilgan kafedra hisoblanib, tergov faoliyatiga yo‘naltirilgan fanlar bo‘yicha ta’lim jarayonini amalga oshiradi. 
Shuningdek, kafedrada tergov poligoni mavjud bo‘lib, u yerda nazariy ta’limni amaliy jihatdan mustahkamlash maqsadida xonadon sharoitida sodir etiladigan jinoyat holatlari modellashtirilgan.

KAFEDRA TOMONIDAN O‘QITILADIGAN MODULLAR

Bakalavriat yo‘nalishlari uchun 5 ta fan - Tergov faoliyati, Jinoyat-protsessual huquqi, Jinoyat-protsessual hujjatlar, Korrupsiyaviy va iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish, Surishtiruv va tergov 
faoliyati   ustidan   prokuror   nazorati.
Magistratura mutaxassisliklari uchun 5 ta fan – Jabr-lanuvchilarning huquqlarini himoya qilish, Surishtiruv va tergov 
faoliyati ustidan prokuror nazorati, Jinoyat protsessida 
voyaga yetmaganlarning huquqlari, Korrupsiyaviy va iqtisodiy 
jinoyatlarni tergov qilishdagi dolzarb muammolar, Jinoyat 
protsessining   dolzarb   muammolari.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun – barcha dastlabki tergov va surishtiruv organlarining malaka oshirish 
kurslari   ixtisoslashgan   holda   o‘tkaziladi.

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI