Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazi

Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazi

Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazi Akademiyaning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:

huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolari, birinchi navbatda jinoyat-larni tergov qilish sohasida amaliy tadqiqotlar olib borish, uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

jinoyatlarni tergov qilishning samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ravishda uslubiy va amaliy qo‘llanmalar, tavsiyalar tayyorlash, ularning vakolatli davlat organlari tomonidan amalda qo‘llanilishini tashkillashtirish;

jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘lgan, shu jumladan uyushgan jinoiy guruh va uyushmalar tomonidan sodir etilgan alohida murakkab jinoyatlarni tergov qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish;

jinoyatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini, shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishlarini o‘rganish asosida ularning alohida turlari kesimida tahlil va diagnostika qilish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini uslubiy va konsultativ ta’minlash.