Markaz Akademiyaning O‘quv-uslubiy boshqarmasi tarkibidagi tarmog‘i hisoblanadi hamda prokuratura organlari xodimlari va vakolatli davlat organlari surishtiruvchi/tergovchilarining bilim va ko‘nikmalari diagnostikasi natijalarini tahlil qilish, talaba va tinglovchilar reytinglarini yuritish, ularga xizmat ko‘rsatishni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash faoliyatini amalga oshiradi.
Markazning asosiy maqsadi xodimning bakalavriat, magistratura bosqichlarida ta’lim olish va keyinchalik faoliyati davomida (malaka oshirish hamda qayta tayyorlash jarayonlari orqali) tegishli kasbiy kompetensiyalarni shakllanishini uzluksiz monitoring qilib borishdan iborat.
Shuningdek, Markazning asosiy g‘oyasi o‘z strategiyasi asosida faoliyatni to‘liq yo‘lga qo‘yish va boshqa ta’lim muassasalarining shu kabi tuzilmalari o‘rtasida yuqori o‘ringa ko‘tarish, tajribasi bilan boshqa ta’lim muassasalarga tanishtirish, faoliyatni milliy va xalqaro maydonda keng targ‘ib etish.
Kadirov Ilyosjon Ibragimovich |
||
|
|
Ofis-registrator markazi boshlig‘i, adliya maslahatchisi 3-darajali “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Akademiyaning o‘quv jarayoni bilan bog‘liq 20 dan ortiq ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqqan, jami 30 ta o‘quv modullari bo‘yicha o‘quv-metodik majmualar shakllantirgan. Email: i.kadirov@proacademy.uz |
Ahmadov Alimardon Axmadovich |
||
|
|
Markaz katta prokurori, adliya kichik maslahatchisi “O‘zbekiston mustaqilligiga 29 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Email: a.akhmadov@proacademy.uz |