Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish

“Et docere et discere servitute legis”

ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI HUQUQNI MUHOFAZA QILIŞ AKADEMIYASI MAGISTRATURASIGA XORIJIY FUQAROLARNI SUHBAT ASOSIDA ÖQIŞGA QABUL QILIŞ TARTIBI TÖĞRISIDAGI NIZOM

 

Mazkur Nizom Özbekiston Respublikasi Prezidentining 
2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qiliş sohasida
malakali kadrlarni tayyorlaşning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş töğrisida”gi PF–257-son
Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 sentyabrdagi 578-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim taşkilotlarining magistraturasiga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida”gi nizomga muvofiq
Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi (keyingi örinlarda – Akademiya) magistraturasiga xorijiy fuqarolar (keyingi örinlarda – talabgorlar)ni qabul qiliş uçun suhbat ötkaziş va uning natijalarini belgilaş tartibini belgilaydi.
 

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR 

1. Uşbu nizom huquqşunoslik sohasida bakalavriat ta’lim bosqiçi ma’lumotiga yoki unga tenglaştirilgan ma’lumotga ega xorijiy fuqarolarga tatbiq etiladi.

Akademiya magistraturasiga xorijiy fuqarolarni öqişga qabul qiliş qabul parametrlaridan taşqari Akademiyaning Muvofiqlaştiriş-vasiylik kengaşi (keyingi örinlarda – Vasiylik kengaşi) tomonidan belgilanadigan kvotaga muvofiq tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

2. Talabgorlar Akademiya magistraturasiga suhbat (keyingi örinlarda – suhbat) asosida, qabul parametrlari doirasida ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda öqişga qabul qilinadi.

Suhbat Akademiya tomonidan belgilangan muddatlarda, qoida tariqasida, avgust oyida ötkazilişi mumkin.

Suhbat ötkaziş muddatlari töğrisidagi ma’lumot Akademiya tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat ötkazilişidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi.

3. Suhbat:

yurisprudentsiya sohasida professional bilim va könikmalarini (huquqiy manbalar bilan mustaqil işlaş hamda huquqiy masalalar böyiça xulosalarni bayon etiş);

ilmiy tadqiqot olib borişga bölgan qobiliyati (tizimli tahlil va tanqidiy fikrlaş, şuningdek, yurisprudentsiyaga oid muammolarni aniqlay oliş, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib boriş, asosiy ilmiy tuşunçalar va ilmiy-tadqiqot işlari usullarini tuşuniş);

psixologik xususiyati (aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlaşi, ziyrakligi, fikrlaş tezligi va tahlil qiliş qobiliyatlari);

ma’naviy va ma’rifiy tayyorgarligi (ijtimoiy-siyosiy bilimi
va dunyoqaraşi, jahonda bölayotgan voqealardan xabardorligi)ni aniqlaş uçun ötkaziladi.
 

2-BOB. HUJJATLARNI QABUL QILIŞ 

4. Talabgorlar magistraturaga öqişga kiriş uçun belgilangan muddatda Akademiyaning maxsus elektron platformasida röyxatdan ötgan holda, quyidagi hujjatlarni elektron şaklda taqdim etadi:

pasport (ID-karta) yoki uning örnini bosuvçi hujjat;

oliy ma’lumot töğrisidagi diplom (yoki diplomdan köçirma – Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti böyiça öqib tugatganlar uçun) va uning ilovasi.

5. Hujjatlarni qabul qilişning belgilangan muddati tugagandan söng ularga özgartiş va qöşimçalar kiritiş taqiqlanadi.

6. Talabgor öqişga qabul qilingan taqdirda uç iş kuni içida uşbu nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning asl nusxalari Akademiyaning Magistratura fakultetiga taqdim etadi.

3-BOB. SUHBAT ÖTKAZIŞ TARTIBI 

1-§. Suhbat ötkazişning umumiy şartlari 

7. Magistraturaga öqişga qabul qiliş uçun talabgorlar bilan suhbat kamida 7 kişidan iborat tarkibda tuziladigan Suhbat komissiyasi tomonidan ötkaziladi.

Suhbat komissiyasi tarkibi suhbat ötkaziş kunidan kamida bir oy oldin Akademiya boşliğining buyruği bilan tuziladi.

Suhbat komissiyasi öz faoliyatini kollegiallik, oşkoralik, xolislik va betaraflik printsiplari asosida amalga oşiradi.

Suhbat komissiyasi tarkibiga Akademiya xodimlari bilan bir qatorda boşqa taşkilotlarning vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelişilgan holda, şuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari
va jamoatçilik vakillari kiritilişi mumkin.

Suhbat komissiyasiga komissiya a’zolari faoliyatini umumiy muvofiqlaştiruvçi rais boşçilik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini taşkiliy ta’minlaş uning kotibi zimmasiga yuklanadi.

8. Suhbat Akademiyada ta’lim beriladigan tillarda ötkaziladi.

Suhbatning uşbu Nizom talablariga qat’iy rioya etgan holda taşkil etilişi uçun mas’uliyat Suhbat komissiyasi raisi zimmasiga yuklanadi.

2-§. Suhbatni ötkazişga tayyorgarlik köriş 

9. Suhbatni ötkaziş sanasi Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanib, talabgorlar röyxati tasdiqlanadi hamda suhbat ötkaziş sanasidan kamida ön kun oldin Akademiya rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Talabgorlar bilan suhbat Akademiya binosida an’naviy tarzda bevosita yoki zaruratga köra masofaviy (onlayn) amalga oşirilişi mumkin.

10. Qabul komissiyasining suhbatni taşkil etişdagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

suhbat jarayoni adolatli ötkazilişini ta’minlaş;

suhbat ötkaziş uçun zarur şaroitlar yaratiş;

Akademiya magistraturasiga öqişga kiriş va unda ta’lim oliş, şuningdek Akademiyada yaratilgan şaroitlar haqida talabgorlarga axborot va ma’lumotnomalar taqdim etiş;

talabgorlarga suhbat natijalarini e’lon qiliş.

11. Suhbat ötkaziladigan binoda sanitariya va yonğin xavfsizligi qoidalariga töliq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maişiy şaroitlar yaratilişi lozim.

12. Suhbat savollari Suhbat komissiyasi tomonidan tuziladi
va tanlov ötkaziş sanasidan kamida ikki hafta oldin qabul komissiyasi kotibi tomonidan Akademiya rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Savollar uşbu Nizomning 3-bandida körsatilgan har bir mezonlar böyiça kamida yigirmatadan:

lönda, oddiy va ravon tilda bayon etilişi hamda professional bilim va tahliliy fikrlaş qobiliyatini aniqlaşga qaratilgan bölişi;

oliy ta’lim darajasiga mos bölişi;

ularda foydalanilgan tuşunçalar va atamalar savollarni turliça izohlaş imkoniyatini istisno etişi;

umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilgan bölişi lozim.

Bunda, yurisprudentsiya sohasida professional bilim
va könikmalarni aniqlaşga qaratilgan savollar har bir mutaxassislik yönalişi böyiça alohida tuzilişi talab etiladi.

Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni böyiça mas’uliyat Suhbat komissiyasi rahbariga yuklanadi.

13. Savollar Suhbat komissiyasi kotibi tomonidan biletlar şakliga keltiriladi va suhbat kuniga qadar unda saqlanadi.

Har bir bilet uşbu Nizomning 3-bandida körsatilgan har bir mezon böyiça bittadan – jami törtta savoldan iborat bölişi lozim.

3-§. Suhbatni taşkil etiş va uning natijalarini aniqlaş 

14. Suhbat savollari e’lon qilinganidan keyin talabgorlar uçun konsultatsiyalar taşkil etadi.

15. Talabgor suhbat uçun auditoriyaga Suhbat komissiyasi kotibi tomonidan taklif etiladi. Suhbatdan oldin talabgor pasport (ID-karta) yoki uning örnini bosuvçi hujjatni körsatişi şart.

Suhbat ötkaziladigan binoga talabgor luğat, jadval, kitob, uyali telefon, planşet, kompyuter, noutbuk yoki boşqa telekommunikatsiya vositalari yoxud şpargalkalar olib kirişga harakat qilsa, olib kirgan bölsa yoki foydalansa, suhbat davomida savollar biletini boşqa talabgorga uzatsa yoki yordam bersa suhbat ötkaziş tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib suhbatdan çetlaştiriladi.

16. Suhbat ötkazişda talabgor savollar berilgan biletni tanlaydi va suhbatga tayyorlaniş uçun unga 20 daqiqa vaqt beriladi.

Suhbatdan ötiş jarayonida talabgorga bilet mazmuni böyiça qöşimça savollar berilişi mumkin. Bir talabgor bilan suhbat
20 daqiqadan ortib ketişiga yöl qöyilmaydi.

17. Suhbat natijalari 100 ballik tizimda baholanadi. Uşbu Nizomning 3-bandida körsatilgan 1-mezon böyiça ballning eng yuqori miqdori 40 ball, qolgan har bir mezon böyiça ballarning eng yuqori miqdori 20 ballni taşkil etadi.

Suhbatga kelmagan talabgorga 0 ball qöyiladi.

Suhbat natijalarini belgilaş uçun Suhbat komissiyasining har bir a’zosi boşqa a’zolardan mustaqil ravişda uşbu Nizom
ilovasida keltirilgan şakldagi baholaş varağini suhbat yakunida töldirib, uni imzolaydi hamda komissiya kotibiga taqdim etadi.

Kotib Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan talabgorga qöyilgan örtaça ballni hisoblab çiqaradi.

Talagor suhbat natijalari böyiça 55 ball va undan kam ball töplagan taqdirda suhbatdan ötmagan deb hisoblanadi.

18. Suhbat natijasiga köra talabgorlar röyxati har bir mutaxassislik böyiça töplangan eng yuqori balldan boşlab kamayib boriş tartibida şakllantirilib, Suhbat komissiyasining barça a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomada qayd etiladi.

Suhbat natijalari Akademiya qabul komissiyasi kotibi tomonidan suhbat yakunlangan kundan keyingi iş kunida Akademiyaning rasmiy
veb-saytida e’lon qilinadi.

19. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi va undan nusxa köçiriş taqiqlanadi. Uşbu videotasvir kamida 6 oy muddat saqlanadi.

20. Akademiya magistraturasiga talabgorlarni qabul qiliş uçun suhbatni qayta ötkaziş taqiqlanadi.

Suhbat natijalaridan norozi bölgan talabgorlar natijalar Akademiya rasmiy veb-saytida e’lon qilingan kundan boşlab uç iş kuni davomida Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya beriş huquqiga ega.

Talabgorlarning şikoyatlarini körib çiqiş uçun Suhbat komissiyasi a’zosi bölmagan şaxslar orasidan kamida 5 nafar a’zodan iborat Akademiya boşliği buyruği bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan şikoyatni u kelib tuşgan kundan boşlab ikki iş kuni içida körib çiqadi. Talabgor apellyatsiya jarayonida iştirok etiş huquqiga ega.

Şikoyat körib çiqiladigan kun haqida talabgorga xabar beriladi.

Apellyatsiya komissiyasi tomonidan şikoyatni körib çiqişda suhbatning töğri ötkazilganligi, javoblar xolis va töğri baholanganiga e’tibor qaratadi hamda uning natijasi böyiça apellyatsiya komissiyasi a’zolarining oddiy köpçilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

talabgorning şikoyatini qanoatlantiriş töğrisida;

tanlov natijalarini özgarişsiz qoldiriş va talabgorning şikoyatini qanoatlantirişni rad qiliş töğrisida.

Apellyatsiyani körib çiqiş jarayonida iştirok etmagan talabgorga apellyatsiyani körib çiqiş natijasida qabul qilingan qaror töğrisida qaror qabul qilingan kuni axborot-kommunikatsiya vositalari orqali xabar beriladi.

Apellyatsiya komissiyasi qarori komissiya raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylaştiriladi.

Zarur hollarda, apellyatsiyani körib çiqiş jarayoniga maxsus komissiya a’zolari, auditoriya kuzatuvçilari va boşqa şaxslar jalb qilinişi mumkin.

Talabgorning şikoyati qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi unga uzil-kesil ball qöyadi.

21. Suhbat natijalariga köra Akademiya boşliğining magistraturaga talabgorlarni öqişga qabul qiliş töğrisida buyruği qabul qilinadi

4-§. Suhbat jarayonini masofaviy (onlayn) tarzda ötkaziş tartibi 

22. Masofaviy (onlayn) suhbat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oşiriladi.

Masofaviy (onlayn) suhbatda qöllaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari talabgorning şaxsini tasdiqlaş imkonini beradigan texnik talablarga javob berişi lozim.

23. Masofaviy (onlayn) suhbat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda taşkil etişdagi texnik talablar quyidagilar:

- talabgorning şaxsini aniqlaş maqsadida suhbat boşlanişidan oldin şaxsni tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) kamera orqali taqdim etiladi;

- suhbatdan oldin talabgorning texnik tayyorgarligini tekşiriş maqsadida sinov (test) onlayn sessiya ötkaziladi;

- talabgor suhbatda iştirok etişi uçun barqaror internet aloqasiga, soz holatdagi mikrofon hamda kamida ikkita videokameraga (asosiy va qöşimça) ega bölişi şart.

Bunda, asosiy videokamera orqali talabgorning yuzi aniq körinişi, qöşimça videokamera orqali esa uning atrof muhiti (jumladan, orqa va yon tomonlari) töliq nazorat qilinişi ta’minlanişi lozim.

Talabgor suhbat jarayonida taşqi ta’sirlardan xoli, tinç
va Suhbat komissiyasi tomonidan nazorat
qilinadigan muhitni ta’minlaşi şart.

Uşbu bandda  nazarda tutilgan texnik şartlarni ta’minlaş talabgor zimmasiga yuklatiladi.

24. Masofaviy (onlayn) suhbatda talabgor tomonidan savollar berilgan biletni tanlaş masofaviy tarzda (tegişli bilet raqamini real vaqt rejimida tanlaş orqali) amalga oşiriladi.

Talabgor tomonidan tanlangan biletni özgartirişga yöl qöyilmaydi.

Suhbat jarayonida akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilinişi şart bölib, boşqa şaxslar yordamidan foydalaniş, taşqi manbalarga murojaat qiliş yoki har qanday noqonuniy harakatlarga yöl qöyilmaydi.

Masofaviy (onlayn) suhbat natijalarini baholaş umumiy tartibda amalga oşiriladi.

4-BOB. YAKUNLOVÇI QOIDALAR 

25. Talabgorlarni Akademiya magistraturasiga qabul qiliş Akademiya boşliğining buyruği asosida amalga oşiriladi.

26. Akademiya magistraturasiga qabul qilingan talabgorlarga belgilangan namunadagi şartnoma blankalari yuridik şaxslar uçun uç nusxada, jismoniy şaxslar uçun ikki nusxada rasmiylaştiriladi.

27. Uşbu Nizom talablari buzilişida aybdor bölgan şaxslar qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

28. Uşbu Nizomni qöllaşda yuzaga keladigan nizolar qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

 

Özbekiston Respublikasi

Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi magistraturasiga xorijiy fuqarolarni suhbat asosida öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga

ILOVA

 

Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi magistraturasiga öqişga qabul qiliş uçun ötkazilgan suhbatda xorijiy fuqaroning javoblarini
BAHOLAŞ VARAĞI

 

 

Sana: _______________________________

F.I.Ş. Xorijiy fuqaroning: ____________________________________________________

T/r

Baholaş mezonlari

Ball

1.

Yurisprudentsiya sohasidagi professional bilim va könikmalari

 

2.

Ilmiy tadqiqot olib borişga bölgan qobiliyati

 

3.

Psixologik xususiyati

 

4.

Ma’naviy va ma’rifiy tayyorgarligi

 

Izoh: ______________________________________________________________________

Suhbat komissiyasi a’zosi:

 

(F.I.Ş.) (imzo)