TASHKENT LAW ENFORCEMENT FORUM – 2026: huquq-tartibot sohasidagi zamonaviy çaqiriqlar va yangi yeçimlar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

TASHKENT LAW ENFORCEMENT FORUM – 2026:  huquq-tartibot sohasidagi zamonaviy çaqiriqlar va yangi yeçimlar

TASHKENT LAW ENFORCEMENT FORUM – 2026: huquq-tartibot sohasidagi zamonaviy çaqiriqlar va yangi yeçimlar

2026 yil 26 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida TASHKENT LAW ENFORCEMENT FORUM – 2026 xalqaro ilmiy-amaliy forumi öz işini boşlaydi.

«Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlaş yölida: zamonaviy çaqiriqlar va yangi yeçimlar» mavzusidagi forum Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bag‘işlanadi.

Forumda 30 dan ortiq mamlakatdan 100 nafardan ziyod yetakçi xorijiy ekspert iştirok etadi.

Xalqaro anjuman dasturidan yalpi majlis va parallel sessiyalar örin olgan. Unda prokuratura organlari faoliyatini rivojlantiriş va huquqni muhofaza qiliş sohasi uçun kadrlar tayyorlaş, jinoyatlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda tergov qiliş, kiberjinoyatçilik, korrupsiya, jinoiy daromadlarni legallaştiriş hamda terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş masalalari körib çiqiladi.

Sud-huquq ta’limi böyiça Turkiy tarmoq doirasida raqamli dalillar almaşinuvi va raqamli kriminalistikaning imkoniyatlariga bag‘işlangan alohida sessiya ötkaziladi.

Forum öz işini 27 noyabr kuni Samarqand şahrida davom ettiradi.

Forum yakunlari böyiça materiallar töplamini naşr etiş rejalashtirilgan. Ilmiy maqolalarni taqdim etişning oxirgi muddati – 2026 yil 1 dekabr.

Maqolalarni rasmiylaştiriş talablari.

Telegram Facebook