Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi magistraturasiga nomzodlar diqqatiga!

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi magistraturasiga nomzodlar diqqatiga!

Аkademiya magistraturasiga kirish imtihonlari doirasida 2021 yil 29 avgust kuni oʼtkazilgan chet tillari boʼyicha test natijalari Bosh prokuratura Аkademiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilindi.
Hozirda Bosh prokuratura, Аkademiya, boshqa oliy taʼlim muassasalari xodimlari, shuningdek vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat tarkibdagi maxsus komissiya tomonidan mutaxassislik fanlari boʼyicha yozma ishlar tekshirilmoqda, ularning natijalari komissiya oʼz ishini yakunlagan kuni eʼlon qilinadi.
Chet tillari boʼyicha test natijalaridan norozi boʼlgan nomzodlar Аkademiya rasmiy veb-saytida javoblar eʼlon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga Аkademiyaning rasmiy elektron pochtasi info@proacademy.uz orqali shikoyat berish huquqiga ega.
Shikoyatlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan ikki ish kuni ichida koʼrib chiqiladi va natijasi haqida nomzodning elektron pochtasiga xabarnoma yuboriladi.

Test natijalari