Bosh prokuratura Аkademiyasida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʼyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi dasturlari xalqaro menedjeri K.Markvering hamda korrupsiyaga qarshi kurash dasturining milliy koordinatori А.Irmanov va dastur mutaxassisi N.Аyxodjaevalar bilan ishchi uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar joriy yilda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va boshqa tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.