Yaponiya Adliya vazirligi bilan qo‘shma loyiha davom ettirilmoqda

Yaponiya Adliya vazirligi bilan qo‘shma loyiha davom ettirilmoqda



Akademiyada jinoyatchilik holatini uzluksiz monitoring qilish salohiyatini mustahkamlash borasida Yaponiya Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi qo‘shma ishchi guruhining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Yaponiyalik hamkorlar tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha Yaponiya huquqni muhofaza qiluvchi organlar uslublari va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Taraflar o‘zaro hamkorlikni yanada samarali davom ettirish yo‘lidagi keyingi qadamlar va taraflarning o‘zaro tashriflari to‘g‘risida kelishib oldilar.