O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga nomzodlar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga nomzodlar diqqatiga!

Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlari doirasida 2020 yil 15 sentyabr kuni o'tkazilgan chet tillari bo'yicha test natijalari Bosh prokuratura Akademiyasining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi.

Hozirda Akademiya, Bosh prokuratura, boshqa oliy ta'lim muassasalari xodimlari, shuningdek vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat tarkibdagi maxsus komissiyasi tomonidan mutaxassislik fanlari bo'yicha yozma ishlar tekshirilmoqda, ularning natijalari komissiya o'z ishini yakunlagan kuni e'lon qilinadi.

Chet tillari bo'yicha test natijalaridan norozi bo'lgan nomzodlar Akademiya rasmiy veb-saytida javoblar e'lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga Akademiyaning rasmiy elektron pochtasi info@proacademy.uz. orqali shikoyat berish huquqiga ega.

Shikoyatlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan ikki ish kuni ichida ko'rib chiqiladi va natijasi haqida nomzodning elektron pochtasiga xabarnoma yuboriladi.

Test natijalari