Yaponiya Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatchilik ahvolini tizimli o‘rganish bo‘yicha loyiha davom etmoqda

Yaponiya Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatchilik ahvolini tizimli o‘rganish bo‘yicha loyiha davom etmoqda

 

Akademiyada O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Yaponiya Adliya vazirligi qo‘shma ishchi guruhining jinoyatchilik holatini doimiy monitoring qilish sohasida salohiyatni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Yaponiya politsiyasining tizimi, tarkibi, faoliyat yo‘nalishlari, hududiy politsiyaning fuqarolar muammolarini hal etishdagi o‘rni hamda huqubuzarliklarga qarshi kurashish faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va o‘zaro hamkorlikni yanada samarali davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar.