2021 yilning 4 noyabr kuni Akademiya rahbariyati hamda BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning vakillari – bolalarni himoya qilish bo‘yicha eksperti A.Lyudeke va dastur mutaxassisi S.Axayevalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Tomonlar bolalar huquqlarini himoya qilishning turli yo‘nalishlaridagi hamkorlik natijalari, jumladan, birgalikda tayyorlangan o‘quv dasturlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli masalalar doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi tadbirlarni belgilab oldilar.