Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyatining “Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyatining samarali boshqaruvdagi salohiyatini oshirish” loyihasining ikkinchi bosqichini ishlab chiqish bo‘yicha ekspertlar guruhi – BMT Giyoxvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) dasturi xodimi V. Nesterovayte, fuqarolik jamiyatini korrupsiyaga qarshi kurashishga jalb qilish bo‘yicha BMT GJB eksperti Dj. Koytgen, korrupsiyaga qarshi kurash dasturining mintaqaviy koordinatori V. Kozin, Yevropa tiklanish va tarraqqiyot bankining vakili Loyiha koordinatori A. Penjiyev va BMT GJBning milliy koordinatori A. Irmanovlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirishning istiqbolli rejalari, jumladan, turli maqsadli guruhlar uchun korrupsiyaga qarshi ta’lim va o‘qitish masalalari muhokama qilindi.