Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasi (MACA) bilan hamkorlik

Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasi (MACA) bilan hamkorlik

 

Akademiya rahbariyati O‘zbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi R.Usmanov va Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasi (MACA) direktori janob Xadji Idris bin Zaxaruddinlar bilan videokonferensaloqa rejimida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Uchrashuvda Malayziyadagi O‘zbekiston elchixonasi vakili S.Vaseyev, MACA o‘quv ishlari bo‘yicha Zakiax binti Xassan va boshqaruv bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zuxairiye bin Abu Bakar, hamda MACA xalqaro tadqiqotlar markazi boshlig‘i Zakaria bin Taiblar ham ishtirok etdi.
MACA vakillari Bosh prokuratura Akademiyasi tuzilmasi va faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishishdi va o‘z navbatida Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasi faoliyati tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar berishdi. 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.