Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv

Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv

 

Joriy yilning 30 noyabr kuni Akademiya rahbariyati Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi K.Obolenskiy va elchixonasi siyosiy va iqtisodiy xodimi D.Kurolovalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Mehmonlar Akademiyaning tuzilmasi va faoliyat yo‘nalishlari, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bilan tanishdi. 
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.